Farg‘onalik kuyovlar: Mirziyoyevning qudavachchasi qanday qilib milliard dollarlik biznes egasiga aylandi?
Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi ortidan Islom Karimovning 2009 - yilgi "O‘zbekistonda juda boylar ham, juda kambag‘allar ham bo‘lmaydi" degan rivojlanish konsepsiyasi amalda rad etildi. Karimov davrida uzoqda ushlangan asli o‘zbek milliarderlari O‘zbekistonda faol biznesga kirishdi; mamlakat ichkarisida ham ulardan qolishmaydigan “soya” milliarderlarning ko‘p bo‘lgani ochiqqa chiqdi. Toshkentning badavlat oilalari¸ boy bolalari kundalik hashamatini reklama qiluvchi maxsus kanallar paydo bo‘ldi. Читать дальше...