Gaaga sudida MN-17 reysi halokatiga doir ish bo‘yicha tinglovlar boshlandi
7 - iyun, dushanba kuni Gaaga okrug sudida 2014 - yil 17 - iyulda “Malaysia Airlines” aviashirkatiga qarashli Boeing 777-200ER uchog‘ining halokatga uchrashiga doir ishni mazmunan ko‘rib chiqish boshlandi. Layner MH-17 belgilangan reysini bajarib, Amsterdam – Kuala-Lumpur yo‘nalishida parvoz qilayotgandi. Uchoq bortidagi 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Boeing 777-200ER halokati bo‘yicha sud jarayoni 2020 - yilning 9 - martida Amsterdamda boshlangan. Ayblanuvchilar to‘rt kishi bo‘lib, shundan uch nafari Rossiya fuqarolaridir. Читать дальше...