Tojik ekspertlari: “Afg‘onistonda toliblarga qarshilik ko‘rsatish hali-beri to‘xtamaydi”
Tojikistonda Afg‘onistonning Panjshir darasida ro‘y berayotgan voqealar rivojini sinchiklab kuzatmoqda. Toliblarning Panjshirga keng ko‘lamli hujumiga nisbatan internetning tojik segmentida salbiy fikr-mulohazalar bildirildi, tojik ekspertlari esa Tolibonga qarshi kurash hali beri tugamasligini bashorat qilmoqda. Ko‘p yillar Afg‘onistonda ishlagan tojik jurnalisti Ilhom Nazriyev Panjshir ma’muriyati binosi toliblar nazoratiga o‘tganda ham bu vodiy to‘liq ishg‘ol etilganini bildirmasligini ta’kidlaydi. Читать дальше...