Urgutdagi suv janjali ortidan o‘nlab yigit hibsga olingani va qiynoqqa tutilgani iddao qilinmoqda
Samarqand viloyat, Urgut tuman, Kamongaron va Vag‘ashti qishloqlari aholisi o‘rtasida iyun oyining o‘rtasida suv talashish ortidan sodir bo‘lgan ziddiyatdan so‘ng, 15 - avgustda ikki qishloqdan qariyb yuz kishi hibsga olinib, 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqan. Hibsga olingan yigitlarning aksariyati bu janjalda qatnashmagan bo‘lsa ham, ommaviy hibsga olishlar chog‘ida ushlanganini aytmoqda. Qamoqdan chiqib kelgan yigitlarning so‘zlariga ko‘ra, ular hibsxonada IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan. Читать дальше...