“Legitimlikka loyiq bo‘lish kerak”. G‘arb davlatlari Tolibon hukumatini tan olishga shoshilmayapti
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda Tolibon boshchiligida tuzilgan hukumatni muvaqqat yoki o‘tish davri hukumat hay’ati, deb atadi. “Ma’muriyatda hech kim, na prezident, na milliy xavfsizlik xizmatidan biror kishi toliblar jahon hamjamiyati a’zolariga quloq solishyapti va ularni hurmat qilishyapti, deya olmagan bo‘lur edi. Toliblar hali bunga hech kimni ishontira olishgani yo‘q”, deya bayonot berdi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Tolibon tuzgan yangi hukumatga munosabati haqida gapirar ekan. Читать дальше...