O‘zbekiston: Qozog‘istondagi namoyishlar payti metan gazga yo‘qolgan navbatlar qaytmoqda
Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston bo‘ylab kuzatilgan metan gaz taqchilligi yengillashdi. Xususan, Farg‘ona vodiysida metan gaz shoxobchalaridagi turnaqator navbatlarning kamaygani Qozog‘istonda suyultirilgan gaz narxining oshirilishiga qarshi norozilikdan boshlangan namoyishlar avj pallaga chiqqan kunlarga to‘g‘ri keldi. Qo‘shni davlatdagi noroziliklar manzarasida O‘zbekiston matbuotida yonilg‘iga navbatlarning kamaygani va benzin narxlarining pasaygani haqidagi xabarlar ustunlik qilgani kuzatildi. Читать дальше...