Vasila Inoyatova: Men umrimning oxirigacha kurashdan to‘xtamayman!
O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyatining raisi, "Birlik" Xalq harakati partiyasining kotibasi Vasila Inoyatova 19 may kuni tushlik paytida Toshkentdagi "Ko‘kcha" qabristoniga dafn etildi.
Taniqli huquqbon ayni kun tongida Toshkentdagi shifoxonalardan birida 62 yoshida vafot etgan edi.
Ozodlik bundan 11 yil oldin Vasila Inoyatova bilan “Davr mening taqdirimda” eshittirishida suhbatlashgan edi. Hozir ana shu eshittirishni sizga havola qilamiz.
