Termiz shahar militsiyasi 4 yoshli qizchani jinsiy zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan 30 yosh atrofidagi erkakni qidirmoqda. Surxondaryo huquq-tartibot idoralaridagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, qidiruv amaliyoti Termizning Bog‘zor mahallasida yashovchi 4 yoshli qizcha (qizchaning ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum¸ axloq qoidalari nuqtai nazaridan oshkor qilinmayotir – tahr.) zo‘rlangani haqida uning ota-onasi militsiyaga shikoyat qilishi ortidan boshlangan.