Добавить новость
ru24.net
World News
Июнь
2018

Xorijda ta’lim olayotgan ko‘plab tojikistonliklar vatanga kaytishni istamaydi

0
Xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 60 foizdan ortiq tojikistonlik talabalar oliygohni bitirib, Tojikiston tashqarisida ishlash niyatida ekanini bildirgan. Bunday xulosaga Jorj Soros fondi moliyaviy yordami bilan o‘tkazilgan "O‘quv migratsiyasidagi tojikistonlik yoshlar: Muammo va istiqbollar" nomli tadqiqot natijalari asosida kelindi.


28 iyun kuni Ozodlikka yetib kelgan ushbu tadqiqot xulosalariga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan tojikistonlik talabalarning 65 foizi ta’lim olayotgan mamlakatda qolib ishlash niyatini bildirgan.


So‘rov qilinganlarning faqat 28 foizi Tojikistonga qaytishni xohlaydi.


Tadqiqot muallifi Sofiya Qosimovaning fikricha, ko‘plab tojikistonlik yoshlar xorijdagi ta’limdan xorijda qonuniy qolish va fuqarolik olish vositasi sifatida foydalanadilar.


So‘rovda Tojikistonda sog‘lom raqobat yo‘qligi, oylik maoshlarning kamligi, ishga kirish uchun tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik mavjudligi va korrupsiya vatanga qaytishdan voz kechish sabablari sifatida keltirilgan.


Sankt-Peterburg davlat universiteti dotsenti Farrux Sattorov Ozodlik bilan bo‘lgan suhbatda Rossiya universitetini bitirgach, Tojikistonga qaytib, o‘z ixtisosi - innovatika sohasida ish topolmay sarson bo‘lganini aytdi.


Tojikiston iqtisod vazirligi uni "bugun -erta" deya va’da berib, ishga olmagach, yana Sankt-Peterburgga qaytib borishga majbur bo‘lgan.


Mahaliy tahlilchi Abdumalik Qodirovning Ozodlikka aytishicha, maoshni juda kamligi va tor mahaliychilik bilan birga Tojikistonda yosh mutaxassislar yaxshi ish topish uchun qator to‘siqlarga duch keladilar.


- G‘arb davlatlarida ta’lim olib Tojikistonda o‘z g‘oyalarini amalga oshishga uringan yosh mutaxassis avvalo byurokratik to‘siqlar bilan yuzma-yuz bo‘ladi. Tojikistonda ishbilarmon va ilg‘or g‘oyalari bor yosh mutaxassislarga ishlash qiyin. Zero, davlat idoralaridagi aksar rahbarlar bunday mutaxassislarga raqib yoki o‘z mansablariga tahdid sifatida qaraydi, - dedi Abdumalik Qodirov.


Tojikiston maorif va ilm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda mamlakat tashqarisida 29 ming 460 tojikistonlik yoshlar ta’lim olmoqda.


Tojikiston qonunchiligida davlat kvotasi asosida chet el oliygohlarida ta’lim olayotgan yoshlar o‘qishni bitirib, 5 yil davomida vatanda ishlari shart.


Ammo bunday talabalar xorijiy universitetlarda juda oz bo‘lib, tojikistonlik yoshlar asosan ota-onalari mablag‘i hisobiga Rossiya, Hindiston, Xitoy va G‘arb davlatlarida ta’lim olmoqda.


Tojikistonda maosh kamligi va turmush sharoit og‘irligi sababli ko‘p tajribali mutaxassisalar mamlakatni tark etmoqda.


Tojikiston mehnat vazirligi ma’luomtiga ko‘ra, 2018 yil davomida faqat Rossiyaga 30 mingga yaqin fuqaro, ayniqsa, tib xodimlari va texnik mutaxassislar oila a’zolari bilan ko‘chib ketgan.


Tojikiston Sog‘likni saqlash vazirligi mamlakat shifoxonalarida 1 ming shifokor va 3 ming tibbiy hamshiraga ehtiyoj borligini e’lon qilgan.



Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus
















Музыкальные новости




























Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса