“10-91” ishonch raqami nega ishlamayapti? Jamiyatdagi eng koʻp muammolarni hal etayotgan qisqa ishonch raqamlaridan biri “10-91” bugungi kunda negadir ishlamay qoldi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “10-91” qisqa raqamiga 2016-yil 9908 ta murojaat tushgan va qariyb 4 millard soʻmga yaqin mablagʻ isteʼmolchilar foydasiga hal qilingan.
2017-yil 13 947 ta shunday marojaatlardan keyin 4 millard 397 million soʻm pul isteʼmolchilarga qaytarilgan.
Joriy yilning yarim yilligida esa 6 713 ta ariza kelib tushib, 4 milliardga yaqin mablagʻ qayta hisob qitob qilindi.
Jamiyatga ana shunday ulkan nafi tegayotgan “10-91” qisqa ishonch raqami ayni kunda negadir ishlamay qoldi. Agar ushbu raqmani tersangiz, operatorning risoladagidek javobini eshitasiz. Chiroyli ovoz Sizni aloqada qolishingizni, tez orada mutaxassis bilan bogʻlanishingiz mumkinligini aytsa-da, hech kim aloqaga chiqmay qoʻydi. Bu toʻsiqmi yoki texnik nosozlik?
