Добавить новость
ru24.net
World News
Декабрь
2018

Bolajonlarga Yangi yil quvonchi ulashildi

0
Toshkent shahar planetariysida Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Yangi yil bayrami munosabati bilan xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Olmazor tumani 2-Muruvvat uyi va Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

– Bugungi bayram tadbirida bolajonlar uchun konsert tashkil etdik, unda bizga turli homiylarimiz ham yordam berdi, – deydi Toshkent shahar planetariysi ilmiy xodimi Mavluda Komilova. – Kichik sovgʻamiz ham bolajonlarimizning shunchalar katta quvonchiga sabab boʻlayotganidan xursandmiz. Bolalar Yangi yil moʻjizalari va ertaklariga ishonadi. Shu bois, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna koʻrinishlari, qiziqarli viktorinalar ham tashkil etdik.

– Muruvvat uyimiz 400 oʻrinli boʻlib, tarbiyalanuvchilarimiz 4 yoshdan 18 yoshgacha. Ularning sogʻligʻi, turmush tarzi, oʻqishi doimiy nazoratda, – deydi Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyachisi Dilnora Yoʻldosheva. – Bugun ham tadbirga 30 nafar yaxshi xulqi va tarbiyasi bilan boshqa tarbiyalanuvchilarimizga oʻrnak boʻlgan bolajonlarni olib keldik. Ular oʻzlari yod olgan sher va qoʻshiqlari bilan tadbirda faol ishtirok etmoqda.

Bayram tadbiridan soʻng bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.



Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Даниил Медведев

На турнире в Марселе под флагом России оказались имена Медведева и Хачанова






Жительница Петербурга выпила колу с жидким азотом и чуть не умерла

Олег Рой презентовал детские книги по мотивам мультсериала «Дракошия»

В Москве закрыли частную клинику из-за случаев сепсиса у женщин после ЭКО

Охрана Блогеров. Охрана Певцов. Охрана Концертов. Охрана концертов мероприятий.