"Ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash". Oqsoqollar kambag‘allikka qarshi kurashadi
O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun faol oqsoqollarni jalb etish rejalanmoqda. Ularga olti oy davomida kam ta’minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik qilish vazifasi yuklatiladi. Buning evaziga oqsoqollarni moliyaviy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan: oyiga 577,5 ming so‘m miqdorida to‘lov. O‘zbekiston prezidentining 25-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturi doirasida har bir mahallada hayotiy tajribaga ega bo‘lgan uch kishini beshta kam ta’minlangan...