Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News
Август
2020
1
2
3
4 5
6
7 8 9 10
11
12
13
14
15
16 17 18 19 20 21 22 23 24
25
26
27 28
29
30 31

Kosonda hokimlik tarqatgan “hayitlik” fermer-tadbirkorlardan majburan undirildi

0
Kosonda hokimlik tarqatgan “hayitlik” fermer-tadbirkorlardan majburan undirildi

Qashqadaryo viloyat, Koson tumanida Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga tarqatilgan oziq-ovqat mahsulotlari, parranda, quyon va chorva mollarining asosiy qismi mahalliy tadbirkor va fermerlardan majburan undirib olindi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan fermer va tadbirkorlarga ko‘ra, har bir fermer xo‘jaligiga yerining kattaligiga qarab mol yoki qo‘y topshirish majburiyati qo‘yilgan.

Xayriyalarni tuman hokimi, prokuror va boshqa amaldor shaxslar hokimlik nomidan tarqatgan.

Tuman axborot xizmatining Ozodlik bog‘langan rahbari xayriyalarning ixtiyoriy ravishda bo‘lgani, fermer va tadbirkorlar xayriya qilishga majburlanmaganini aytdi.

Koson tumanidagi ismi sir qolishini so‘ragan fermerlardan biri hokimlikka ikkita qo‘y olib borib berishga majburlangani aytdi.

“Hayitdan oldin tuman hokimining o‘rinbosari Ubaydullo Ochilov mol berasan, qo‘y berasan, tovuq, kurka, quyon berasan deb hamma fermer va tadbirkorlarga soliq solib chiqdi. Hozir g‘allaning puli tushgan, xayriya qilmagan fermerlarga pulni bermay ushlab turibdi. Biz o‘zimizning mahallamizdagi kam ta’minlangan oilalarga ko‘nglimizdan chiqarib o‘zimiz xayriya qilamiz desak ham, yo‘q, hokimlikka olib kelasan¸ deb majbur qilishdi. Fermerlar olib borgan molu qo‘ylarni hokim va boshqa rahbarlar mahallaga olib borib tarqatdi. Bir og‘iz ham bularni fermerlar yoki tadbirkorlar bergan¸ deyilmadi. Xayriya jamg‘armalaridan degan nom ostida tarqatildi”.

 

Ismi sir qolishini so‘ragan kosonlik tadbirkorlardan biri kuch ishlatar tizimlarining bosimi ostida xayriya qilishga majbur bo‘lganini bildirdi.

“Kosonda tadbirkorlik qilish juda qiyin, "ber-ber" deb ezib yuborishadi. Har bir tadbirkor o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, albatta¸o‘z mahallasidagi kambag‘allarga xayriya qiladi. Lekin bunga hokimlik rozi emas. Hamma narsa ularning nomidan bo‘lishi kerak, rasmlarga, videolarga tushib maqtanishi kerak. Men kabi yuzlab tadbirkorlar olib borib berdi. Shunchaki bir daftarga kim olib kelganini yozib qo‘yishdi, tamom. U tomoni o‘zlarini reklama qilish bilan boshlanadi. Mehnatni kimlar qilganu, xayriyani kimlar qilganu, uloqni olib ketganlar esa kimlar bo‘ldi”.

Bu tadbirkor karantin boshlangandan buyon hokimiyat o‘zlarini “sog‘ish”dan to‘xtamayotganini aytadi.​

“Bir tanishim parrandachilik tadbirkori. Pandemiya boshlangandan buyon mingtacha kurkayu tovuq berdi. Hozir yana mingta berasan¸ degan ekan. Endi u nima qilyapti, u hokimiyatning gadoyligidan charchadiyu tuxumdan qolgan, qarigan va erta indin o‘lib qoladigan tovug‘i kurkalarini yig‘ib beryapti. Axir pandemiya davrida tadbirkor ham qiynalyaptiku, u ham boyib bitib ketgani yo‘qku. Kreditini yopolmay yuribdiku. Hokimiyat kimnidir tahoratiga namoz o‘qishga o‘rganib qoldi”.

Koson tumanidagi quyonchilik bilan shug‘llanuvchi tadbirkorlardan biri ham tuman hokimligi ta’magirlik qilib holi-joniga qo‘ymayotganini aytadi.

 

“Bankdan kredit olib quyonchilik qilyapman. Lekin olgan foydamiz hokimiyatdan ortmayapti. Hokimlik vakili, mahalla raisi boshchiligida kirib kelib, quyon ber deydi. Naglo aytadi. Pandemiya boshlanganidan buyon har oy beshta-o‘nta berib kelardim. Kechagi hayitga 25 ta quyon olib kel¸ dedi. Axir mening ham kreditim bor, bu tovuq emasku har kuni tug‘sa¸ desam ham farqi yo‘q, xayriya aksiyasiga hamma qilyapti, sen ham qilasan¸ deydi. Endi bularning aksiyasini qarang, yaqinda bitta kambag‘al qo‘shnimga bir million so‘m pul olib kelib berishdi. Keyin qo‘shnimga uyingizda eskiroq bir joy ko‘rsating¸ o‘sha yerda tushamiz, dedi. Eskiroq joy tandirxona ekan, o‘sha yerga borib pul tutqazayotganini rasmga ham olishdi. Bunisi ham mayli, qani pulni sanab ko‘raylikchi, deb bitta yuz ming so‘mlikni olib qolib, bunga abed qilamiz, rozi bo‘linglar, dedi”.

Ozodlik suhbatlashgan bir chorvador fermer bitta qoramol, yana bir tadbirkor esa o‘nta kurka berishga majbur bo‘lganini aytdi.

Koson tumani hokimining o‘rinbosari Ubaydullo Ochilov Ozodlik qo‘ng‘iroqlarini javobsiz qoldirdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyev Ozodlik bilan suhbada fermer va tadbirkorlar xayriya qilishga majburlanayotganini inkor qildi:

- Bu sovg‘alar hokimlik nomidan emas, o‘sha kuni men shu voqealarning ustida turganman, homiylik xayriyalari hisobidan berilgan. Hatto tadbirkorlar o‘zlari biz bilan bog‘lanib, biz ham hissa qo‘shsak bo‘ladimi, deb so‘rashgan. Saxovatga, savob ishga qanday majburlash mumkin. Ularni hech kim majburlamagan.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Арина Соболенко

Соболенко сделала признание о соперничестве с Рыбакиной






Собянин: Количество креативных кластеров в Москве увеличилось почти в два раза

Вильфанд спрогнозировал возврат нормальной майской температуры в Москве к 15 мая

Женщина-водитель и двое детей пострадали в ДТП в Самарской области

Бойца ММА Исламова отправили в СИЗО до 24 июня