Shu oy boshida Turkiyaning Suriyaga chegaradosh G‘oziantep shahrida "mamlakat uchun xavfli shaxs" sifatida qo‘lga olingan va hozirda muhojirlik bo‘limida ushlab turilgan 48 yoshli Bahriddin Xudoynazarov yaqinlarining Ozodlikka aytishicha¸ Turkiyada qochqinlik izlovchi shaxs maqomida yashab kelgan muhojir o‘zining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinish xavfi borligi haqida xat chiqargan.