Silliq o‘tish davri: Qozog‘iston yangi rahbari suratlarda yoshartirildi (FOTO)
Qozog‘istonning muvaqqat prezidenti Qosimjo‘mart To‘qaev uzoq yillardan beri mamlakatni boshqargan Nursulton Nazarboevning kutilmagan iste’fosidan so‘ng boshlangan shaxsiyatiga nisbatan ortib ketgan e’tiborga ko‘nika olmayotgan ko‘rinadi.
Ozodlikning qozoq xizmati Qozog‘iston yangi rahbarining rasmiy suratlari tahrir etuvchi ta’minot dasturi yordamida keskin o‘zgartilayotganidan xabar topdi.
Maqsad 65 yashar sobiq diplomatning qiyofasiga raqamli tarzda ishlov berish va uni silliqlash hamda ehtimolki, Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatga besh yil rahbarlik qilishi uchun iyunda bo‘ladigan saylovda yutib chiqishini osonlashtirishdir.
To‘qaev (o‘ngda) AQSh elchisi Uilyam R.Mozerdan 2019 yil martida ishonch yorliqlarini qabul qilib olayotgan payt. Suratni qozoq fotomuxbiri tasvirga olgan, “Kazinform” axborot agentligi esa tarqatgan edi.
Mana bu surat o‘sha payt bir oz boshqa burchakdan olingan va uni muvaqqat prezidentning devoni tarqatgan. To‘qaevning yuz bichimi va terisi tuzilishi bir-biridan keskin farq qiladi. Ayni paytda Mozerning yuzi o‘zgarishsiz qolgan.
To‘qaev muvaqqat prezident etib tayinlanganidan so‘ng birinchi marta aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada uchrashdi.
Bu esa – To‘qaevning devoni tarqatgan surat. Ular uch daqiqalik farq bilan olingan. Nazarboevning uzoq vaqtdan beri hokimiyatni egallab kelayotgan “Nur Otan” partiyasi nomzodiga iyundagi saylovda biror kishi jiddiy raqib bo‘la olmasligi aytilmoqda.
Moskvadagi uchrashuv chog‘ida Kreml suratkashi ikki rahbar suhbatlashib turganini tasvirga olgandi.
Ayni suhbat chog‘ida olingan mana bu suratni To‘qaevning devoni tarqatdi. Barcha holatlarda To‘qaevning yuzi va bo‘yniga “mo‘yqalam tekkizilgan”.
Aprel so‘nggida Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje-in (chapda) Qozog‘istonga safar qildi. Yevropaning “Pressfoto” agentligi (EPA) o‘sha uchrashuvdan olingan ushbu suratni tarqatdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, To‘qaev devoni bir oz boshqa burchakdan olingan suratini e’lon qildi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban aprelda Qozog‘istonga safar qildi, uning mabtuot xizmati rasmiy safarga oid mana bu suratni tarqatdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, To‘qaev devoni uchrashuv chog‘ida olingan o‘z suratini e’lon qildi. Suratlardagi rang tafovuti ular boshqa-boshqa kameralarda olingani va suratlarni tahrir qilish didi bilan bog‘liq ko‘rinadi. (Vengrlar Canon 5D Mark IV, qozoqlar esa Nikon D5 kamerasidan foydalangan edi.)
Biroq Ozodlik murojaat qilgan ekspert To‘qaevning suratlari “100 foizlik ehtimol” bilan “Fotoshop” dasturi yordamida o‘zgartirilganini ta’kidladi.
To‘qaevning ushbu surati 2019 yil aprelida Reyter axborot agentligi tarqatgan va uni ko‘plab axborot vositalari chop qilgan edi.
Dunyoning ismi oshkor etilishini istamagan yetakchi retushchilaridan biri Ozodlik radiosiga surat “asosan yuz terisini silliqlash uchun yuzani xiralashtirish funksiyasidan foydalanilgan holda” o‘zgartirilgan deb hisoblashini aytdi.
− Yuz qismiga sinchiklab qaralsa, u tekis emasligi ko‘rinadi; ayrim qismlarida JPEG formati buzilganini ko‘rish mumkin, boshqa joylari esa nisbatan silliq. Men har kuni shunday foydalanaman, o‘sha joylar silliqlangani aniq, − deya qo‘shimcha qildi u.
To‘qaevning ushbu surati Reyter fotomuxbiri tomonidan 2011 yilda olingan.
SSSR tarqab ketgandan so‘ng G‘arb kuzatuvchilari Qozog‘istonda biror marta erkin va adolatli saylov o‘tkazilmaganini aytadi. Kelgusi saylovda esa To‘qaev jiddiy muxoliflarsiz prezident bo‘lishi kutilmoqda.
Ammo Ozodlikning Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri Bryus Pannierning fikricha, muvaqqat prezidentning yoshiga qaramay, yuzini bunaqa silliqlash uni kuchga to‘lgan inson sifatida ko‘rsatishga urinish bo‘lishi mumkin.
‒ To‘qaev kelasi yili 66 yoshga to‘ladi. 78 yashar chol Nazarboevning o‘rniga 66 yashar kishi o‘tirmoqda, bu unchalik katta o‘zgarish emas. Ular To‘qaev 66 yoshga kirganiga qaramay, muvaqqat prezidentni juda yosh, harakatchan va serg‘ayrat kishi qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Ozodlik “Elboshi” va ayni damda sobiq prezident Nazarboevning (18 aprelda Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan uchrashgan payti) suratlari Markaziy Osiyodagi respublikani boshqargan payt bu tarzda aniq retush qilingani holatlarini topmadi, ammo Nazarboev devoni so‘nggi paytlarda tarqatgan suratlarda “Fotoshop”dan bir oz foydalanilgani ko‘zga tashlanadi.
28 apreldagi uchrashuv chog‘ida olingan ushbu suratni Qozog‘iston hukumatining vebsayti tarqatgan edi. Unda Nazarboevning yoshi bilan bog‘liq yuzida paydo bo‘lgan dog‘lar retush qilingan, biroq To‘qaev bilan holatidagiday ajinlarni silliqlash uchun retushdan foydalanilgani ko‘zga tashlanmaydi.
Ozodlikning radiosi qozoq xizmati Qog‘oziston prezidenti devoniga izoh so‘rab murojaat qildi, biroq ushbu maqola chop etilayotguniga qadar hech qanday javob olinmadi.