Eron Ukrainaga qarashli uchoq otib tushirilganini rad etmoqda
Eron 8 yanvar tongida Tehron aeroportidan uchib chiqqanidan keyin ko‘p o‘tmay qulagan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviashirkatiga qarashli Boeing 737-800 uchog‘ini raketa urib tushirilganini keskin rad etmoqda. 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Eron fuqaroviy aviatsiyasi yetakchisi Ali Obidzoda: - Bir narsa aniq: bu uchoqni raketa urib tushirgani yo‘q, — dedi. Avvalroq AQSh, Britaniya, Kanada razvedka xizmatlari uchoq Eron havo mudofaasining jiddiy xatosi natijasida urib tushirilganini taxmin qilgan edi. Читать дальше...