Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Июнь
2019

Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari tendersiz asl egalari offshorda bekingan kompaniyaga beriladi

0
Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari tendersiz asl egalari offshorda bekingan kompaniyaga beriladi

Bosh qarorgohi Moskvada joylashgan «Novaport» kompaniyasining yaqin oylarda Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari boshqaruvchisiga aylanishi kutilmoqda.

Kompaniya mutasaddilaridan biri 6 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatda shunday ma’lumot berdi.

Bu haqdagi dastlabki kelishuv Dmitriy Medvedevning 30 may kuni Toshkentga qilgan safari davomida hukumatlararo so‘zlashuvlar yakunida imzolangan. Shirkat vakili Ozodlikning bu investitsion loyihaning umumiy qiymatiga oid savolini ochiq qoldirdi.

Davlatga qarashli strategik ob’ektlar boshqaruvining nega aynan Rossiyaning  «Novaport» kompaniyasiga berilishi haqida O‘zbekiston hukumati hozircha jamoatchilikka lom-mim demayapti.

Hozircha mamlakat aeroportlarining egasi bo‘lib qolayotgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati matbuot xizmati Ozodlik savollarini javobsiz qoldirdi.

Ozodlik gaplashgan fuqarolik aviatsiyasi mutaxassislari¸ O‘zbekistondagi bir emas¸ uchta aeroport boshqaruvining imi-jimida¸ ochiq tenderlarsiz asl egasi yashirin kompaniyaga berilishi aviatsiya xavfsizligi¸ qolaversa¸ moliyaviy-iqtisodiy ochiqlik masalasida xavotirli savollarni kun tartibiga qo‘yishini aytmoqda.

Rossiya mintaqalaridagi 16 aeroport egasi O‘zbekiston aeroportlariga ko‘z tikmoqda

6 iyun kuni Ozodlik suhbatlashgan “Novaport” rasmiysi holding va  O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarini modernizatsiya qilishga oid hamkorlik asoslari belgilangan kelishuvning 30 may kuni Toshkentda imzolanganini aytdi.

"Dastlabki kelishuvga holding rahbari Roman Trotsenko va O‘zbekiston Transport vazirining 1-o‘rinbosari Ilhom Mahkamov bosh vazirlar ishtirokida qo‘l qo‘yishdi. Lekin bu hali memorandum darajasidagi kelishuv¸ xolos. Hozir konsalting kompaniyalari loyihaning iqtisodiy taraflarini o‘rganib¸ xulosa beradi. Shundan keyin huquqiy majburiyat yuklatilgan yakuniy hujjat imzolanadi"¸ dedi "Novaport" mutasaddisi.

Matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismi-sharifi ochiqlanmasligini so‘ragan "Novaport" rasmiysining aytishicha¸ bu hujjat imzolangandan keyin¸ uchala aeroport boshqaruvi  konsessiya kelishuvi asosida uzoq muddat Rossiya holdinggiga o‘tadi.

Ozodlik suhbatdoshi¸ bu "uzoq muddat"ning aynan necha yil bo‘lishi haqidagi savolga hozircha aniq javob bera olmasligini aytdi.

O‘zbekistondagi barcha aeroportlar boshqaruvi  davlatga qarashli va qarzga botgani aytib kelinayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi vakolatida.

Hukumat bu aeroportlarni xorij kompaniyalari boshqaruviga o‘tkazish rejasini ochiqlamagan¸ bu aeroportlarga da’vogarlik qilishi mumkin shirkatlar uchun ochiq tender ham o‘tkazmagan.

O‘zbekistondagi uchala aeroportning nega aynan "Novaport"ga taklif qilinganiga oid savolga shirkat vakili¸ "O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama manfaatlardan kelib chiqib shunday taklif bo‘ldi"¸ deya javob qildi.

Rossiya shirkati nega aynan Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlarini olmoqchi? 

"Novaport" vakili bu uchala aeroportda yo‘lovchilar oqimini keskin ko‘paytirish potensiali borligi bois e’tibor shu uchala aeroportga qaratilganini bildirdi.

"Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ 2018 yilda Samarqand aeroporti 380 ming¸ Urganch 330 ming¸ Namangan esa¸ 165 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Samarqand va Urganchda turizm markaziga aylanish potensiali bo‘lsa¸ Namangan vodiydagi asosiy havo qo‘nalg‘asiga aylanishi mumkin. Shu bois¸ biz tijoriy manfaatdan kelib chiqib¸ bu aeroportlar boshqaruvini olmoqchimiz"¸ dedi Rossiya holdingi vakili.

“Investor”- boshqaruvchi kim?

2007 yili ta’sis etilgan «Novaport» kompaniyasi aksiyalarining yarmi rossiyalik oligarx Roman Trotsenko aktivlarini boshqaradigan AEON Corporation¸ qolgan yarmi esa¸ Qozog‘istondagi Meridian Capital investitsiya kompaniyasiga qarashli. 

Bu ikkala ta’sischi «Novaport» holdinggiga 2005 yili Qibrisda ro‘yxatga olingan T.S. Trans Siberia Co Limited kompaniyasi orqali egalik qiladi. Bu offshor shirkatning asl egalari esa¸ sir tutiladi.

Rossiya va xalqaro aviatsiya biznesiga aloqador tadbirkorning Ozodlikka aytishicha¸ «Novaport» Kremlga aloqador oligarxlarga tegishli holding hisoblanadi.

“Novaport» egasi Roman Trotsenko¸ «Rosgazneft» boshqaruvi raisi Igor Sechinning o‘ng qo‘li - bir necha yil uning maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Sechin esa¸ Putinning o‘z qo‘li. «Novaport» Rossiyadagi ikkinchi darajali aeroportlarni boshqaradi¸ kompaniya katta qarzga botgan.«Novaport»ning asosiy ta’sischisi Qibrisda¸ asl egasini hech kim bilmaydi¸ faqat Kremlga aloqadorligi taxmin qilinadi. O‘zbekistondagi uchta aeroport tender o‘tkazilmay turib¸ ana shu qarzdor holdingga berilayapti.

Xavotirlar nima?

O‘zbekiston jamoatchiligidan sir tutilayotgan bu kelishuvni sharhlagan aviatsiya mutaxassislari¸ bu haqda matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi uchun¸ shaxslari sir tutilishini so‘radi.

Ozodlik bilan suhbat davomida fuqarolik aviatsiyasi boshqaruviga aloqador mutaxassislardan biri¸ birinchi xavotirning aviatsiya xavfsizligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi.

«Investor¸ xayriya tashkiloti emas. U eng qisqa muddatda maksimum daromad ko‘rishga intiladi. Gap xorijiy investor haqida ketayotgan esa¸ bu manfaat yanada kengayadi. Bunday vaziyatda asosiy maqsad kommersiya bo‘ladi¸ xavfsizlik ikkinchi planga o‘tadi. Prioritetlarning bunday qo‘yilishi xavflidir».

Xalqaro aviatsiya biznesiga aloqador tadbirkor esa¸ O‘zbekistondagi uchta aeroport boshqaruvining egasi maxfiy shirkatga berilishi jiddiy moliyaviy-iqtisodiy savollarni kun tartibiga qo‘yishini aytadi.

«Birinchidan¸ uchta aeroport boshqaruvini o‘ziga olayotgan «Novaport» xorijdagi xab-raqobatchiga aloqador bo‘lishi va bu aeroportlar orqali o‘zbekistonlik passajirlarni o‘ziga tegishli aviakompaniya va aeroportlar orqali tashishdan manfaatdor bo‘ladi.

«Novaport» Rossiya mintaqalaridagi 16 aeroportni boshqaradi (Novosibirsk, Tyumen, Chelyabinsk, Perm, Volgograd, Astraxan, Mineralniye Vodi, Vladikavkaz, Tomsk, Kemerovo, Chita, Ulan-Ude, Murmansk, Kaliningrad, Barnaul i Stavropol – tahr.)

Ikkinchisi¸ aeroport boshqaruvini olgan kompaniya aeroport yig‘imlari¸ qo‘nish va uchish ¸ samolyotlarga ko‘rsatiladigan texnik va tijoriy xizmat¸ aviabenzin¸ bort ovqatlari¸ parkovka va har bir kvadrat metr uchun ijara narxini belgilash haqqiga ega bo‘ladi. Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari boshqaruvini o‘ziga olgach¸ «Novaport» yo‘lovchi va aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish narxlarini keskin oshirishi mumkin.  Oqibatda¸ bu aeroportlar orqali uchishni istovchilar keskin kamayib ketadi. Buning ortidan¸ holding¸ investitsiyasini qaytarish bahonasida Toshkent xalqaro aeroportini talab qilishi va olishi mumkin. O‘zi «Novaport»ning asl maqsadi Toshkentni olish¸ degan taxminlar bor. Bu esa¸ O‘zbekistonning birlamchi havo eshigi nazorati qo‘ldan ketdi¸ degani bo‘ladi»¸ deydi Ozodlik suhbatdoshi.

Ozodlik "Novaport" rasmiysidan bu xavotirlarga munosabat so‘radi. Suhbatdosh¸ ularni "asossiz taxminlar" deb atadi va hozircha Toshkent aeroporti boshqaruvini olish holding rejasida yo‘qligini bildirdi.

«Samarqand aeroportini modernitsaziya qilishga kamida 300 million dollar kerak…»

Samarqand¸ Urganch va Namangan aeroportlari boshqaruvini olish haqida dastlabki kelishuv imzolangani haqida «Novaport» o‘z saytida ochiq xabar berganicha yo‘q¸ shu bois¸ kompaniyaning bu kelishuvga qancha sarmoya ajratishni rejalayotgani ham aniq emas.

Holding vakili Ozodlikning umumiy loyiha qiymati haqidagi savolini javobsiz qoldirdi. Unga ko‘ra¸ investitsiyaning so‘nggi qiymati borayotgan o‘rganishlar yakunida hal bo‘ladi.

Ozodlik gaplashgan mutaxassislar¸ O‘zbekistondagi aeroportlarni xalqaro standartlarda modernizatsiya qilishning qimmatga tushishini aytadi.

«Birinchi bo‘lib¸ Samarqand aeroporti uch yil ichida kapital ta’mirdan chiqarilishi kerak¸ chunki 2022 yili bu yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o‘tkaziladi. Urganch va Namangan aeroportini rekonstruksiya qilishga 5 yil berilayapti. Birgina Samarqand aeroportini modernizatsiya qilish kamida 300 million dollarga tushishi mumkin. Ochig‘i¸ «Novaport»ning buncha investitsiya yotqizishiga ko‘zim yetmayapti. Samarqand aeroportidan maksimum foydalangan taqdirda ham¸ buncha pulni yaqin kelajakda qaytarib olishning imkoni yo‘q. (Samarqand aeroporti yiliga 500 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi – tahr.) Buning orqasida  juda shubhali sxema borligini taxmin qilaman¸ xolos»¸ degan aviatsiya mutaxassisi¸ bu taxminlarini hozircha ochiqlamaslikni lozim topdi.

«Novaport»ning asl maqsadi haqidagi taxminlar

Rossiya nashrlari 2018 yili «Novaport» kompaniyasi o‘z aksiyalarini qimmatbaho qog‘ozlar birjasida ochiq savdoga qo‘yishni rejalayotganini bildirgan edi.

Bu xabar bilan bir vaqtda «Rosaviatsiya» rahbari  Aleksandr Neradko Irkutsk yangi aeroportini qurishga pul yo‘qligini bildirdi. Bu aeroport qurilishini esa¸ «Novaport» olgan.

Ozodlik gaplashgan mutaxassislar¸ «Novaport»ning O‘zbekiston aeroportlari boshqaruvini olayotgani xabarining bu ikkala jarayonga bevosita bog‘liqligini aytadi.

«Novaport» o‘z aksiyalarini ochiq savdoga chiqarish oldidan o‘zini strategik investor sifatida taqdim etishi kerak. Aviatsiya biznesi¸ shundoq ham turli mojarolar domida qolaëtgan hozirgi paytda bu oson ish emas. Endi siz¸ «Novaport»ning O‘zbekistondagi asosiy aeroportlar¸ ayniqsa¸ Toshkent aeroportining boshqaruvchisi bo‘lish ehtimolini inobatga oling. Masalan¸ holding aksiyalarining  ehtimoliy xaridorlariga «Xitoydan Yevropaga eng qisqa havo yo‘li O‘zbekistondan o‘tadi¸ bu havo yo‘lidagi aeroportlar esa¸ bizning nazoartimizda»¸ desa buning effekti qanday bo‘lishini tushunish qiyin emas  - aksiyalar narxi osmonga ko‘tariladi¸ ular millionlab dollarlik qimmatbaho qog‘oz sotib¸ chip-chiroylik daromad qiladi. Qarzlarini yopishdan tashqari¸ yana qancha daromad ham ko‘rishi mumkin»¸ deydi o‘zbekistonlik avaitsiya mutaxassisi.

Ozodlik suhbatlashgan "Novaport" rasmiysi¸ holdingning qarzi haqidagi ma’lumotlarni "asossiz" deb atadi¸ uning aksiyalarini xalqaro birjada ochiq savdoga qo‘yish jarayonining hozircha to‘xtatilgani va holding " qulay iqtisodiy vaziyat tug‘ilganda¸ bunday harakat borasida qaror berajagi"ni ta’kidladi.

"Monopoliya va yashirin kelishuvlardan voz kechib¸ "Ochiq osmon" siyosatiga o‘tish kerak!"

Ozodlik suhbatlashgan mutaxassislar¸ O‘zbekiston hukumatini ham aviatsiya xavfsizligi¸ ham mamlakat iqtisodi uchun shubhali bo‘lgan bunday kelishuvlar o‘rniga¸ mamlakat havo hududi siyosatini tubdan isloh qilishga chaqirdi.

«Hozir hukumatda havo hududini O‘zbekistonga uchaman¸ degan shirkatlarning hammasi uchun halol va ochiq qilish kerak. Shunda raqobat tuziladi va yo‘lovchilar oqimi keskin oshadi. Buning o‘rniga joriy hukumat yana shaffof kompaniyalarning kirishiga yo‘l bermayapti¸ turizm infrastrukturasi tug‘ilishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ochiq havo siyosati boshlanmaguncha¸ O‘zbekistonga faqat «O‘zbekiston havo yo‘llari»¸ yoki asl egasi ham¸ asl maqsadi ham qorong‘u sheriklar uchadi¸ xolos»¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan ikkala mutaxassis.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

До плюс 50 градусов: Каким городам России грозит аномальная жара летом 2024 года. Опубликован список

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".


Лифтинг — Коги (нити с насечками)

Волжский нарцисс - Плес

Стоматолог Владимир Лосев: сколько времени нужно носить брекеты

Праздник в детском отделении от Клуба пациентов


Rangers backed into a corner, must beat Panthers on road to force Game 7

Brentford B and Tiverton Town Friendlies Announced

England vs Bosnia & Herzegovina: Three Lions face Dzeko and Co in Euro 2024 warm-up match – stream FREE, TV, team news

When Narine asked Gambhir 'can I bring my girlfriend to IPL?'


Аккумулятор неанонсированного Samsung Galaxy Z Fold6 Ultra сертифицировали

Водитель "Лифана" погибла после аварии с фурой

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

ТСД SAOTRON RT-T50: высокопроизводительный терминал сбора данных промышленного класса


Gamesblender № 676: God of War: Ragnarok на ПК, осенний ремейк Silent Hill 2 и новости Warhammer

"Расхитительница гробниц: Легенда о Ларе Крофт" получила дату выхода и тизер

Четвёртое дополнение Age of Wonders 4: Eldritch Realms завершит первый цикл поддержки игры

Лучшие Эхо в Wuthering Waves — соберите самую мощную сборку



Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".

Отельеры вступают в Игры дружбы // Стоимость размещения в гостиницах растет

Тысячи активистов разгромили офис Socar в Стамбуле, обвинив «Азербайджан» в поддержке геноцидальной политики Израиля в Палестине

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота




Ни "халяль", ни "грешниц": Церковь и Роспатент подготовили особый запрет для бизнеса

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» легально изготавливает армии и спецслужбы. 6 серия. СЕРЬЁЗНЫЙ НОВОСТНОЙ СЕРИАЛ.

Доктор Кутушов назвал болезни, которые поджидают отдыхающих у водоёмов

Гендиректор ОМК Петр Трушин возглавил жюри премии «HR-бренд» от HeadHunter


Первая официальная презентация CrypTouch в Москва-Сити. Объявление о масштабном розыгрыше

Художник Надя Ковба вновь открывает в Самаре иммерсивную выставку «8 КОМНАТ»

Психолог Донская: разговор с родителями поможет детям победить страхи

Инклюзивное трудоустройство. Как создавать доступную среду для людей с ОВЗ, обсудили на форуме «Неделя российского ритейла — 2024»


Медведев высказался об игре Свёнтек

Итальянская забастовка: Рублёв, Котов и Самсонова вылетели с «Ролан Гаррос», Потапова обыграла Ван Синьюй

Главный русский теннисист заставил Париж аплодировать ему стоя. Что удалось Осьминогу Медведеву?

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции


Алаудинов: Запад хочет спровоцировать ударами ВСУ вглубь РФ беспорядки

Волонтеры посадили три тысячи молодых деревьев в Подмосковье и Санкт-Петербурге

Новосибирская область показала свой научно-технологический потенциал на ВДНХ

Колымских пенсионеров и инвалидов приглашают на VIII региональный этап Чемпионата по компьютерному многоборью


Музыкальные новости

Оркестр Центрального округа Росгвардии выступил на площади у Большого театра в честь Дня защиты детей

Гагарина о конфликте из-за песни Цоя: "Я пострадавшая"

В Йошкар-Оле с большим успехом прошел IV этап культурного проекта «Классика: история и современность»

Хозяйка «голой» вечеринки Анастасия Ивлеева открывает в Москве азиатский ресторан



Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".

На борту самолета, летевшего из Москвы в Турцию, из-за жары погибла кошка якутского пилота

Тысячи активистов разгромили офис Socar в Стамбуле, обвинив «Азербайджан» в поддержке геноцидальной политики Израиля в Палестине


Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Жители Смоленска с воодушевлением приняли подарок Сбера

"Гриша, уходи!": реакция интернет-сообщества на вылет "Урала" из РПЛ


Владимирцам напомнили об ограничении скорости из-за ремонта на трассах М-7 и Р-132 «Золотое кольцо»

Отзывы об EXEED VX: что говорят владельцы в 2024 году

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024

Как подобрать запчасти на китайские авто?


Российские ракеты средней дальности могут появиться под боком восточноазиатских сателлитов США

Путин назвал День спасения одной из главных дат в истории еврейского народа

«Так вкусно»: Путин поблагодарил главу Минсельхоза Узбекистана за фрукты

Путин 7 июня выступит на ПМЭФ и будет говорить не только об экономике





Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году

В Архангельске медики России обменялись методиками оказания офтальмологической помощи

Головная боль и галлюцинации: как защитить организм во время сильной жары

"Все ждали, что Москва будет Третий Рим…". Заявление Калныньша вызывает беспокойство о его здоровье



Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально

Неделя легкой атлетики пройдет в Москве

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России




Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году

Собянин: На северо-западе Москвы открылся волонтерский центр «Доброе место»

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха

Собянин: В Москве создана самая маленькая схема метро в мире


Поезд проехал через горящий лес в Бурятии

В Рослесхозе заявили, что площадь пожаров в РФ превысила 650 тыс. га

Орнитологи напомнили москвичам, как вести себя при встрече с птенцами

Юбилейный Международный форум «Экология» пройдет в Москве 4 и 5 июня


Риелтор Сырцов назвал три безопасных для аллергиков округа Москвы

В РФ утвердили новые правила применения дорожных камер

Кошка Маруся погибла из-за жары на рейсе «ЮТэйр» из Москвы в Анталью

Упавший с дома кирпич едва не убил женщину с ребенком в Москве


В Архангельске медики России обменялись методиками оказания офтальмологической помощи

Архангельская область подключается к марафону "Сила России"

Дмитрий Морев объяснил, что делают с парящим деревянным променадом в Архангельске

В Архангельске подвели итоги III Всероссийского форума «Арктика. Лёд тронулся»


ВТБ начал выдавать ипотеку на жилье в Крыму

Банки начали выдавать ипотеку на жилье в Крыму

Выставка-представление «Не просто город, а судьба, которой я не устаю гордиться!»

Первый автобус «Санкт-Петербург — Симферополь» вышел на маршрут


Жителей Белогорска приглашают присоединится к фестивалю «Здоровая семья – сильная Россия!»

Упавший с дома кирпич едва не убил женщину с ребенком в Москве

Полина Гагарина назвала себя жертвой конфликта из-за песни Цоя

Художник Надя Ковба вновь открывает в Самаре иммерсивную выставку «8 КОМНАТ»












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Даниил Медведев

Российские ракетки сообразили на троих // Даниил Медведев, Мирра Андреева и Элина Аванесян дружно вышли в 1/8 финала теннисного Roland Garros






Новосибирская область показала свой научно-технологический потенциал в Москве на ВДНХ

Сати Казанова провела медитацию для 1300 человек на Первом международном дне медитации

Психолог Донская: разговор с родителями поможет детям победить страхи

Новосибирская область показала свой научно-технологический потенциал на ВДНХ