Мы в Telegram
Добавить новость
ru24.net
World News in Uzbek
Ноябрь
2021

Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish. SSSR tarixini burib yuborgan loyiha haqida

0
Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish. SSSR tarixini burib yuborgan loyiha haqida

45 yil muqaddam, KPSSning XXV syezdida Sibir daryolari suvining bir qismini Qozog‘iston va O‘rta Osiyoga tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. “Sibir daryolarini burish” nomli mazkur loyiha, amalga oshirilgan taqdirda mislsiz ekologik fojiaga sabab bo‘lishi mumkin edi. Uning bekor qilinishi SSSR jamoatchiligining birinchi “katta g‘alabasi” sifatida ko‘riladi.

Tabiatdan marhamat kutib turolmaymiz

Sibir daryolarini janubga burish g‘oyasi XIX asr o‘rtalarida Yakov Demchenko ismli o‘smirning miyasida “tug‘ilgan”. Jo‘g‘rofiyaga mukkasidan ketgan yigitcha Kiev gimnaziyasining 7-sinfida o‘qiyotganida-yoq Ob va Irtish suvlarining bir qismini Orol dengizi havzasiga tashlashga doir reja qoralamasini ishlab chiqqan edi. Ulg‘ayib, jurnalist bo‘lib yetishgach u 1871 - yilda “Orol-Kaspiy pasttekisligini suvga to‘yintirish orqali ushbu mintaqadagi mamlakatlar iqlimini yaxshilash” nomli broshyurasini chop ettiradi, 1900 - yilda esa uning ikkinchi nashrini chiqararkan, hukumat va podsho nazariga tushishdan umid qiladi. Ammo kamsonli taqrizchilar Demchenko rejasini “telbayona” deb topadilar. Hukumatning esa boshqa tashvishlari etarli edi. 1912 - yilda Demchenko vafot etdi, lekin uning g‘oyasi “o‘lmadi” va yillar o‘tib, o‘sha hududda, ammo boshqa mamlakatda “unib chiqdi”. Bu mamlakatning har bir fuqarosi “tabiatdan marhamat kutib o‘tirmaslik kerak”ligini bolaligidan bilardi.

Uzoq tanaffusdan so‘ng, 1948 - yilda “telbayona” loyihani eslab qolishdi: akademik Obruchev qurg‘oqchil O‘rta Osiyoni Sibir suvlari bilan “to‘yintirish” imkoniyatlari haqida Stalinga xat yozdi. Ammo Stalin javob bermadi. “Xalqlar dohiysi”ning boshida boshqa tashvishlari bor edi: sovuq urush, yadro quroli sinovlari, “Amerika tahdidi”. Darvoqe, Demchenko rejasini ro‘yobga chiqarishga turtki bergan ham amerikaliklar bo‘ldi...

AQShga taqlid qilib

1960-yillarda Amerika matbuoti “asr qurilishi”ga mengzalgan bir megaloyihani muhokama qila boshladi: u shimoldagi daryolar suvini mamlakat ichkarisidagi quruq hududlarga va Meksikaga yo‘naltirishni nazarda tutardi. Ushbu loyiha tasdiqlanganida, uni amalga oshirishga 30 yil va 100 mlrd dollar pul kerak bo‘lur edi.

Tabiiyki, 1-raqamli superdavlat maqomi uchun AQSh bilan musobaqalashayotgan SSSR bunga xotirjam qarab tura olmadi. Shunda Demchenkoning g‘oyasi esga tushdi, uning risolachasini topib, changini artib, “asr loyihasi”ga aylantirish uchun ilmiy-tadqiqot institutlariga tutqazishdi.

Boz ustiga Sibir daryolariga janubga qayirish uchun real sabab bor edi: O‘rta Osiyoning tabiiy resurslari poyonlab borar, paxtaga ehtiyoj esa yil sayin ortayotgandi. Bir paytlar to‘lib-toshib oqqan Sirdaryo va Amudaryo suvlari Orolga deyarli etmas, dengiz barchaning ko‘z o‘ngida ulkan namakobli ko‘lmakka aylanib borardi...

Loyihaning ashaddiy tarafdorlaridan biri Qozog‘iston SSR Fanlar akademiyasi raisi Shafiq Shokin edi. Akademik Olmaota va Moskvadagi partiya rahbarlarini, agar shimoldagi daryolar janubga burilmasa, yaqin yillarda Orol qurib bitib, cho‘l shamollari dengiz tubidagi minglab tonna tuzlarni havoga ko‘tarib, yuzlab kilometr tevarakdagi butun nabototni yo‘q qilishi, Qozog‘iston hududi esa hatto yashashga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkinligiga ishontira oldi. Kuchli dalil ta’sir qildi – 1971 - yilda Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatiga Irtish daryosidan 500 chaqirimlik kanal tortildi. Eni 20 metrli bu kanal suvi uncha ko‘p bo‘lmasa-da, Qozog‘istonning ko‘mir sanoati ehtiyojlariga bemalol etdi. Kanal atigi 6 yilda qurib bitirilganidan ruhlangan “daryoburarlar” uni O‘rta Osiyoni Sibir suvlari bilan sug‘orish tizimining muqaddimasi deb qabul qilishdi. Bu yog‘iga ishlar jo‘nashib ketdi...

1968 - yilda KPSS MQ plenumi (va shaxsan Leonid Brejnev) Gosplan, SSSR Fanlar akademiyasi va boshqa tashkilotlarga Irtish, Ob va Tobol daryolari suvlarini qayta taqsimlash bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqishni topshirdi. Ya’ni, bu daryolardan oz-ozdan – boshlanishiga yiliga 25 kub kilometr suv olib, janubga tashlash nazarda tutilgandi. Kanal va suv omborlari qurilishini tezlashtirish uchun kerak bo‘lsa atom bombalarini qo‘llash ham istisno qilinmadi. Orol quriyotgani kamdek, Kaspiy suvi ham jadal chekina boshlagani ma’lum bo‘lgach, olimlar MQdan shimol suvlarini burishni tezlashtirishni iltijo qila boshlashdi.

Ammo, atay qilgandek, KPSS XXV s’ezdida o‘sha olamshumul qaror qabul qilinganidan so‘ng, 1977 - yildan boshlab Kaspiy sayozlashuvi birdan to‘xtadi va keyingi yillarda suv sathi tiklandi. Olimlar Kaspiyning o‘zgaruvchan dengizligini bilib olishdi, lekin megaloyihani endi to‘xtatib qoladigan kuch yo‘q edi. Ish allaqachon butunittifoq ko‘lamida boshlab yuborilgandi.

“Asr loyihasi” bilan 48 ta loyihalash va 112 ta ilmiy-tadqiqot institutlari, 32 markaziy vazirlik (va 9 ta respublika vazirligi), 32 akademik institut shug‘ullanardi... Sakkiz yil mobaynida yozilgan matnlaru, hisob-kitob va ilmiy tadqiqotlar natijalarining o‘zi 50 jild bo‘ldi, xarita va chizmalardan 10 ta albom tayyorlandi.

“Shimoliy” yo‘nalish va adoqsiz hisob-kitoblar

1976 - yilga kelib Sibir daryolarini qayirish uchun texnik hujjatlari shay qilindi. Olimlar bo‘lajak kanal uchun to‘rtta – ikkita shimoliy va ikkita janubiy yo‘nalishni ishlab chiqishdi. “Janubiy variantlar” Ob va Irtish qo‘shilgan joydan Amudaryo va Sirdaryoga qadar 2500 km uzunlikda yagona asosiy kanal qazishni nazarda tutardi. “Shimoliy loyiha” mualliflari esa Xanti-Mansiysk hududida Ob daryosidan Irtish etagiga qadar, u yerdan esa Tobolgacha qisqaroq kanal qazishni tavsiya etishdi. Shundan so‘ng suv G‘arbiy Sibir pasttekisligini Shimoliy Orolbo‘yi bilan bog‘lovchi To‘rg‘ay soyi orqali oqib, katta kanaldan Amudaryo va Sirdaryoga haydalishi kerak edi.

Ishning eng qiyini suvayirgichni yorib o‘tish edi, chunki buning uchun 6 mln kubometrdan ziyod tuproqni o‘yib olish kerak edi-da. Boshida ishni tezlashtirish maqsadida yadro zaryadlarini portlatishni reja qilishgan edi, lekin o‘xshamadi. 1971 - yili Kaspiyga Pechora daryosidan suv haydash loyihasi doirasida imi-jimida yer ostida uchta yadro zaryadini portlatishganida “bebosh” shamol yadro bulutlarini G‘arbga haydab ketib, Yevropada hammani oyoqqa turg‘izgan edi. SSSR xalqaro janjalni bir amallab bosdi-bosdi qildiyu ammo biryo‘la yadro portlatishdan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Shunga qaramay “shimoliy” variant baribir arzonroq va jozibaliroq tuyulardi, axir unda kanal uzunligi bir necha yuz chaqirimga qisqaroq edi-da. Alal-oqibat 1976 - yili KPSS XXV s’ezdida xuddi shu variant tasdiqlandi. Bosh loyihachi etib “Soyuzgiprovodxoz” belgilandi, Gosplanda bularning barini hisob-kitob qilish uchun Davlat ekspert komissiyasi tuzildi.

Hisob-kitob qilindi ham: kanal 16 milliardga tushar ekan. SSSR davlat byudjeti buncha xarajatni ko‘tara olmasdi. Qayta hisoblashdi: endi ikki baravar ko‘p chiqarib berishdi! Gosplanga eng tejamli variantlarni hisobga olib, qayta-qayta hisoblashni amr qilishdi – zora arzonroq yo‘li topilib qolsa?

1985 - yil keldi, MQda uchta bosh kotib almashdi, Kaspiy burungi sohillariga deyarli qaytdi hamki, Gosplan hisob-kitobdan bo‘shamasdi. Nimadir qilish kerak edi. Nimaligi ma’lum – to‘xtatish kerak edi loyihani. Ammo KPSS s’ezdi ma’qullagan tashabbusni mablag‘ yo‘qligi sababli to‘xtatish... Yo‘q, bunga hech kimning yuragi dov bermasdi.

Shunda Gorbachyovning qayta qurishi va oshkoralik siyosati jonlarga ora kirdi.

Tashqi va ichki kurash

Sovet Ittifoqida shimol daryolarini qayirish g‘oyasi muxoliflari keragidan ortiq edi. Birinchi galda sibirliklar qarshi edi bunga. Ko‘plab rus ziyolilari, avvalo qayta qurish sharofati bilan ovozi salmoq kasb etgan “Literaturnaya gazeta” va bir nechta “qalin” jurnal atrofida jipslashgan yozuvchilar ham KPSSga ters bo‘lishdi. Matbuotda birin-ketin g‘azabnok maqolalar paydo bo‘la boshladi, 1986 - yilda esa Sibir daryolarini burish qator adabiy nashrlarning “navbatchi” mavzusiga aylandi. O‘sha yili Moskvada o‘tgan Yozuvchilar soyuzi syezdini hazillashib “miroblar s’ezdi” deb atashdi: s’ezd minbariga ko‘tarilgan ikki adibdan birining nutqida “daryolarni burish” loyihasi tanqid ostiga olingandi.

Bir paytning o‘zida akademik Aleksandr Yashin boshliq olimlar (geologlar, biologlar, tuproqshunoslar, matematiklar) guruhi loyiha amalga oshirilgan taqdirda butun kanal bo‘ylab erosti suvlari yuzaga ko‘tarilishini, daryolar havzalarida baliqlar qirilib ketishini, mangu muzlik hududi tanib bo‘lmas qadar o‘zgarib ketishini, Shimoliy muz okeani suvlari sho‘rlanishini, iqlim o‘zgarishini va, nihoyat, kanal bo‘ylab Qozog‘iston va O‘rta Osiyo hududida son-sanoqsiz botqoqliklar va minglab gektar sho‘rxok yerlar paydo bo‘lishini bashorat qilishdi. SSSR FAning beshta bo‘limi loyiha yuzasidan salbiy ekspertlik xulosalari tayyorladi, FA Prezidiumiga, Ministrlar Sovetiga ochiq xatlar yo‘llandi, shuningdek matbuot orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Gorbachyovga murojaat qilindi.

1986 - yil bahorida Gorbachyov Yashin bilan uchrashib, uning dalillarini diqqat bilan eshitishga va’da berdi. O‘sha yilning 14 - avgustida esa KPSS MQ Siyosiy byurosining maxsus yig‘ilishida ishni to‘xtatishga qaror qilindi – “...Sibir daryolarini o‘rta Osiyo va Qozog‘istonga burish bilan bog‘liq loyihani amalga oshirishda davom etish maqsadga muvofiq emas deb tan olingan”i munosabati bilan.

Hanuzgacha ko‘pchilik bu voqeani Sovet Ittifoqida fuqarolik jamiyatining birinchi g‘alabasi, deb biladi. Sirtdan qaraganda, rostdan ham hokimiyat o‘z fuqarolari fikriga quloq tutgandek ko‘rinardi. Biroq, aytishlaricha, aslida haqiqiy kurash parda ortida – “Gosplan” va mulozimlar darajasida kechgan. Respublikalar vazirliklari va pudratchilar loyiha amalga oshirilishi uchun, iqtisodchilar va MQ apparatchilari uning ziddiga kurash olib borganlar. “Daryolarni burish” g‘oyasining eng qudratli dushmanlaridan biri Aleksey Kosigin edi, 70-yillarla loyihaga start berish bir necha bor kechiktirilishi aynan uning xizmatlaridir.

Nima bo‘lganida ham MQ yengil tin oldi: mamlakat byudjetining belini bukib qo‘yishi mumkin bo‘lgan dardi-xarina loyihani bekor qilish uchun yaxshi bahona topilgandi. Va partiya go‘yo “mehnatkashlarning xohish-istaklarini qabul qilib” obro‘yini saqlagandek ko‘rindi...

Biroq ziyolilarni bu g‘alaba nihoyatda ruhlantirib yubordi: rejim, jamoatchilik bosimi ostida ilk daf’a yon bergan edi. Senzura to‘g‘oni o‘pirilib, matbuot eng “muqaddas” narsalar – partiya apparati va KPSSning cheksiz hokimiyati tanqid qilingan o‘tkir maqolalarga to‘lib-toshdi. Shu tariqa Sibir daryolari hokimiyat va jamiyat munosabatlarida burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi. Natijada, tarixdagi eng buyuk irrigatsiya loyihasini amalga oshirishga chog‘langan mamlakat besh yildan so‘ng tarixga do‘ndi. Daryolar esa “sog‘-omon” qoldi.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Семинар библиотекарей Ленинского округа прошел в Центральной библиотеке

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!

Владимир Путин сенсационно получил ключевое признание от Н А Т О.


В Москве пройдет выставка Евгении Васильевой «Между пороком и добродетелью»

1 массажное упражнение для лица, которое можно делать даже лежа в постели - щеки и овал лица подтянутся, а носогубные складки расправятся

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России

Новые портативные ирригаторы Revyline RL 630 Green скоро поступят в представительство марки в Махачкале


Kai Havertz’s fiancee Sophia stuns in see-through outfit on hen weekend as fans say Arsenal star is ‘so lucky’

McDonald's Grimace showed Mets fans what happens when something goes right this season

Max free trial returns just in time for House of the Dragon season 2 this week

Creepy King Charles Painting Is Vandalized by Radical Animal Rights Activists, Gets a Cartoon Face and Speech Balloon!


Ученые создали микророботов для доставки лекарств в легкие

В Ингушетии чиновники похищали бюджетные средства, предназначенные для поддержки семей с детьми

Новая технология моделирования ДНК ускорит биомедицинские исследования

Сегодня свой 70-летний юбилей отмечает Заслуженный спасатель Российской Федерации Якубовский Валерий Иванович


MMORPG Tarisland выпустили в Китае раньше времени

В новом трейлере Indiana Jones and the Great Circle Индиана спускается на корабле с горы

Состоялся релиз The Case of the Golden Idol на iOS и Android

Моя Говорящая Кошка 3.2


Досвідчені садівники обирають великі технічні горщики для своїх рослин і квітів


Объект культурного наследия «Фабрика-кухня» горит на севере Москвы

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России




В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»

Владимир Путин сенсационно получил ключевое признание от Н А Т О.

«Утки плыли по тротуарам»: река Яуза вышла из берегов из-за сильного ливня в столице

Инго Экосистема стала победителем национальной премии FinTech Awards Russia


В Подмосковье сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого гражданина в ранее совершенной краже

​«Мы гордимся тобой, солдат!» — в Забайкалье презентовали сборник стихотворений, посвященный участникам СВО

Крупнейшая взятка в истории РФ: что известно о коррупционном деле экс-следователей

В Москве горит неэксплуатируемое здание на территории бывшего ОКБ "Сухой"


Хачанов вылетел с турнира ATP в Хертогенбосхе после первого же матча

Испанец Алькарас выиграл Открытый чемпионат Франции по теннису

Глава ATP вручил Яннику Синнеру награду первой ракетки мира

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе


Учебный пункт Института Конфуция БГПУ открыли в Белогорске

В Росгвардии в преддверии 100-летия дивизии имени Ф.Э. Дзержинского состоялось торжественное гашение почтовых марок

В Уфе прошел кастинг на 6 сезон музыкального шоу "Ну-ка, все вместе!"

Жители Балашихи отпраздновали День России в парке «Пехорка»


Музыкальные новости

"БИЗНЕС Online": концерт Басты в Казани собрал 23 тысячи человек

Музыкальная сборная России сыграет в Воронцовском дворце шедевры Рахманинова и Баха

Массовое выступление гитаристов с песней Цоя «Группа крови» планируется в Чите

Фильм о Фредди Меркьюри помог российским детям с онкологией



Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

В Московской области сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже электроинструментов


Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

С компании брата Галкина хотят взыскать более 2 млн рублей

Рассылка для АКТЕРА – ЛУЧШИЙ способ найти СЪЕМКИ и РАБОТУ в Кино, на ТВ и Рекламе.

Сергей Собянин. Неделя мэра


Зарядные станции для электрокаров в некоторых регионах России станут обязательными - закон

Сергей Собянин. Неделя мэра

Быстрые и Удобные Маршрутки Могилев-Минск

Пробки на дорогах Подмосковья оценили в 4 балла утром 13 июня


Путин обсудил с и. о. президента Ирана взаимодействие внутри БРИКС

Появление российского флота у берегов Кубы напомнило Западу о словах Путина

Путин приветствовал в России участников и гостей Спортивных игр стран БРИКС

Россия и Турция обсуждают варианты решения проблем с банковскими переводами





Гастроэнтеролог Садыков рассказал, как не допустить отравления бутилированной водой летом

Что могло стать причиной смерти ребенка в кресле стоматолога в Красноярске

Главный врач клиники "Мегастом", стоматолог Владимир Лосев: что будет, если слишком долго носить брекеты

В НМИЦ ЛРЦ Минздрава России прошел День донора


Зеленский: США передадут Киеву новые ЗРК Patriot и «эскадрильи истребителей»

Почему Зеленский не убедил саудовского принца, кража денег РФ, что готовят против России на саммите НАТО: обзор мировой политики 13 июня


Площадь пожара в здании у метро «Динамо» в Москве составляет 400 квадратов

Росгвардия приняла участие в спортивном празднике «Динамо» в Москве

Новороссийские шахматисты приняли участие в полуфинале турнира "Шахматные звёзды 4.0"

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"


В Минске назвали враждебные заявления Пашиняна политической истерикой

Пашинян предложил Лукашенко извиниться перед армянами из-за слов про Карабах. Что на это ответили в Белоруссии?

Белорусский дипломат оценил непомерные претензии Пашиняна к Лукашенко

Видео: Истерика в Ереване: Пашинян против Лукашенко



Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму

Сергей Собянин. Неделя мэра

Собянин рассказал, как переразметка позволяет улучшить движение на дорогах Москвы

Собянин: выборы в Мосгордуму будут серьезным экзаменом


В России назвали последствия санкций против Мосбиржи

РЭО назвал топ-3 регионов по количеству пунктов приема вторсырья

«Зеленая» повестка: участники экофорума выяснили, как реализуются приоритетные природоохранные программы

Участникам клуба «Лето Побед» рассказали о защите экологии


Акция «Вода России» состоялась в округе Шатура

В Росгвардии в преддверии 100-летия дивизии имени Ф.Э. Дзержинского состоялось торжественное гашение почтовых марок

В Уфе прошел кастинг на 6 сезон музыкального шоу "Ну-ка, все вместе!"

Конкурс на реконструкцию ВЗУ № 42 в Левкове объявили под Пушкино


30 лет назад в Архангельске открылась первая на Северо-Западе школа «Диабет»

Мастер и Принцесса: в «Архангельском» вручили «Хрустальную Турандот»

Архангелогородцев и гостей города приглашают посетить мероприятия фестиваля «Гармоничная Россия»

Более 1500 участников отрядов Поморья отправятся в юбилейное трудовое лето


Полиция ищет пассажира, упавшего на ребенка с верхней полки

Музыкально-поэтический вечер «Жизнь не кончена, песня не спета»

В Нижнегорском районе Крыма проведен рейд по бывшим мигрантам

Выступлением самарских артистов в Крыму открылся масштабный Фестиваль, посвященный 225-летию со дня рождения А.С. Пушкина


Топ-менеджер бутик-отеля Seneshal попала в ДТП с автозаком в Москве

Путешествия и экспедиции по России: откройте величие и разнообразие страны

Путин наградил четверых московских школьников за спасение людей в «Крокус Сити Холле»

Акция «Вода России» состоялась в округе Шатура












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
ATP

Глава ATP вручил Яннику Синнеру награду первой ракетки мира






Заседание антитеррористической комиссии состоялось в Белогорске

Площадь пожара на севере Москвы увеличилась до 800 кв. метров

Реконструкцию территории машиностроительного завода провели в Мытищах

ДОМ ДЛЯ РИМЛЯНИНА