Rossiya hukumati mamlakatni global internetdan uzishda davom etmoqda. Aksar hududlarda YouTube'ga ulanib bo‘lmaydi, ulangan taqdirda ham video tomosha qilish imkoni yo‘q. Endi esa, “Kommersant” xabar qilishicha, Roskomnadzor messenjerlarda qo‘ng‘iroqlarni taqiqlash bilan rossiyaliklarni firibgarlardan “himoya qilish”ga qaror qilgan.
Qo‘mitaning o‘zi bu ma’lumotni hozircha tasdiqlamadi. Mediascope ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada eng ommalashgan uch messenjer WhatsApp (67 foiz foydalanuvchi),...