Andijon viloyatida ro‘mol o‘rash va Juma namozlariga borish bo‘yicha cheklovlar joriy etilayotgani aytilmoqda. Ozodlik manbalariga ko‘ra, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning "topshirig‘i" asosida ta’lim muassasalari va davlat idoralarida shunday ko‘rsatmalar berilyapti. Qolaversa, erkaklarning soqollari majburan oldirilyapti. Ammo bunday buyruq haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Konstitutsiyada “dunyoviy davlat” ekani, din davlatdan ajratilgani belgilab qo‘yilgan O‘zbekistonda diniy e’tiqod...