“Ayollar to‘rtinchi sanoat inqilobida ishtirok etishi shart” — Women in Tech asoschisi Ayumi Mur Aoki
Women in Tech global tarmog‘i Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi. Loyiha maqsadi — 2030-yilgacha STEAM’da 5 mln ayolni qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” hamjamiyat asoschisi va rahbari Ayumi Mur Aoki bilan loyiha maqsadlari va ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash haqida suhbatlashdi.