“Rossiya aybiga iqror bo‘lishi kerak” — Ozarbayjon prezidenti
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, AZAL samolyoti “Rossiya tomonidan urib tushirilgan” deb “aniq aytish mumkin”. U Rossiya tomonini “masalani bostirishga” urinishda aybladi. Rossiya aybini tan olishi va Ozarbayjon hamda jabrlanganlarga tovon to‘lashi kerak, dedi u.