O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan, 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi.