Qarshi davlat universitetida yigit talaba qiz bilan o‘zaro janjallashib, unga 8 marta pichoq sanchdi. Shundan so‘ng o‘zining qorin bo‘shlig‘iga ham jarohat yetkazdi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlanganini bildirdi.