Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlarida guruh bosqichi ikkinchi turidan so‘ng pley-offning ilk ishtirokchilari nomi ma’lum — Germaniya, Ispaniya va Portugaliya. Shu bilan birga, turli kutilmagan natijalar, “syurpriz” bo‘layotgan terma jamoalar mavjud. “Taktika” jamoasi yakuniy tur oldidan guruhlarga nazar soldi.