“Toshkent” xalqaro aeroporti uchish zalining “steril” hududi 2000 kvadrat metrga kengaytirildi. Bu umumiy zalni B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini beradi. Ushbu hududda Hardee’s, Pizza Hut, La Croissanterie va Pinkberry brendlari mavjud fud-kort ochiladi.