“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” joy va chiptalar yetishmovchiligi muammosini poyezdlar sonini ko‘paytirish orqali hal qilmoqchi. Tashkilot yil oxirigacha 28 ta, 2025−2026-yillarda esa 80 ta yo‘lovchi vagoni xarid qiladi. Eski vagonlar birin-ketin ro‘yxatdan chiqarilmoqda.