BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujiiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati korrupsiyaga qarshi kurashishda dalillarga asoslanib ish yuritishga o‘tishi lozim. “Odamlar uchun ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va jamiyatdagi shaffoflikni yaxshilash juda muhimdir”, — dedi u.