O‘zbekiston prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida jahon geosiyosiy jarayonlari yanada murakkablashgani, mintaqa mamlakatlari turli xavf-xatarlarning “salbiy ta’siri va oqibatlarini har tomonlama sezib turgani”ni ta’kidladi. O‘z nutqida tashkilot doirasidagi turli takliflarni ilgari surdi.