Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida gapirdi. “Yagona yechim — 1967-yildagi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, — dedi u. Shuningdek, BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoraladi.