Fuqaroga ish bilan ta’minlashni va’da qilgan Toshkent xalqaro aeroporti xodimi 1500 dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston aeroportlarida ishga faqat elektron tizim orqali qabul qilinishini ma’lum qildi va odamlarni shubhali takliflardan qochishga chaqirdi.