Prezidentga madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimot qilindi. Rejaga ko‘ra, hududlardagi teatr binolari mukammal ta’mirlanib, ta’lim muassasalarida teatr jamoalari tuziladi. 2025-yildan shu soha xodimlarining ish haqi oshirilib, moddiy manfaat KPI ko‘rsatkichlariga bog‘lanadi.