Tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi uning vakili. Qaror «FIE manfaatlaridan kelib chiqib» qabul qilingani ta’kidlandi. U 30-noyabrda Toshkentda tashkilotga rahbar sifatida qayta saylangandi.