Ar-Riyodda 1-dekabr kuni metro ishga tushdi. Hozircha uning 39 bekatdan iborat uch liniyasi ishlayapti, bir oy ichida yana 46 bekatdan iborat qolgan uch yo‘nalishi ham ishga tushadi. Ayrim bekatlari transport inshooti emas, muzeyni eslatuvchi tizimdan “Gazeta.uz” muxbiri Shohruh Haydarov fotoreportaj tayyorladi.