O‘zbekiston 19-Venetsiya arxitektura biyennalesida o‘z pavilonini taqdim etadi. U “Materiya kabi nur” nomini oldi. Pavilon kuratorlari — GRACE arxitektura studiyasi — mamlakat modernistik merosi, xususan, “Quyosh” geliokompleksining ilmiy va madaniy ahamiyatini o‘rganmoqda.