O‘zbekistonda bank va to‘lov tashkilotlari uchun yangi kiberxavfsizlik qoidalari kuchga kiradi. Ular JSHSHIRni tekshirish, hayotiylikni aniqlash orqali biometrik identifikatsiya, yangi qurilmadan kirganda kartalarni o‘chirish, qo‘ng‘iroq vaqtida ilovalarni bloklash, “aktiv sessiyalar” bo‘limi va boshqalarni nazarda tutadi.