23-fevraldan Toshkent-Sankt Peterburg-Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar haftada ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar Toshkent va Sankt-Peterburgdan soat 17:00 da jo‘naydi, yo‘lda Moskvada to‘xtash rejalashtirilgan. Chipta narxi 1,2 mln so‘m.