Qarshida 80 nafar avtobus haydovchisi ish tashladi (VIDEO)
Qashqadaryo viloyat, Qarshi shahar “Avtotransport” davlat unitar korxonasining 80 nafar avtobus haydovchisi 2 - dekabr kuni yo‘nalishga chiqmay, ish tashlash e’lon qildi. Haydovchilar shu yo‘l bilan bir yildan maosh olmaganliklari, kunlik to‘lov rejasi 120 ming so‘mdan 400 ming so‘mga oshirilganiga e’tiroz bildirdi. Voqea joyiga yetib kelgan Qashqadaryo viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Nomozov Ozodlikka haydovchilar bilan gaplashib, ularga tushuntirish berganidan so‘ng, odamlar tarqalganini aytdi. Читать дальше...