Добавить новость
ru24.net
World News
Сентябрь
2021

OzodDayjest: Jurnalist ayolni yomonotliq qilganlarni topolmagan IIVga e’tiroz bildirildi

0
“Qalampir.uz” jurnalistini yomonotliq qilishga uringanlarning topilmayotgani ortidan IIV tanqidga uchradi. “Birinchi qo‘ng‘iroq” kuni ko‘p maktablarda 1-sinf o‘quvchilari prezident sovg‘alaridan bebahra qolgani aytilmoqda. Qarshidagi mojaroda 19 yoshli sportchi to‘pponchadan yaralandi. Joriy hafta o‘zbek matbuoti shu kabi voqealar haqida xabar berdi.


__________________________________________________________


IIV hali-hamon jurnalist ayol haqida jirkanch video tarqatganlarni topa olmadi



“Qalampir.uz” jurnalisti Feruza Najmiddinovaning nomini yomonotliqqa chiqarish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda montaj qilingan jirkanch video tarqatilganiga bir oy to‘ldi. Ichki ishlar idoralari holat bo‘yicha jinoyat ishi ochdi, ammo aybdorlar hali ham topilgani yo‘q (www.qalampir.uz, 7 - sentabr).


Avgust oyi boshlarida internetda Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning biri balkonida shaxsi noma’lum ayol va erkak ishqiy munosabati aks etgan nomaqbul video tarqaldi. Oradan bir muddat o‘tib ijtimoiy tarmoqlarga boshqa bir video joylashtirildi. Unda ushbu video qahramoni bo‘lgan ayol go‘yo “Qalampir.uz” jurnalisti Feruza Najmiddinova ekani iddao qilinadi.


Tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan jurnalist ayolning sha’nini toptashga urinish Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan qoralandi. Ijtimoiy tarmoqlarda F. Najmiddinovani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Men Feruzaman” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur aksiyaga prezident Shavkat Mirziyoyevning qizi Saida Mirziyoyeva ham qo‘shildi.


“Qalampir.uz” nashri bu vaqt oralig‘ida F. Najmiddinovaga tuhmat holati bo‘yicha tergov yuzasidan huquq-tartibot bir necha bor murojaat qilgan, ammo tayinli javob ololmagan.


“Jurnalistga, hukumatning va’dalariga ishonib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilib borayotgan ayolga nisbatan tuhmat – ayrimlar uchun bir-ikki kunlik shov-shuv, piar yoki o‘zini borligini bildirib qo‘yish, bayonot berish bilan obro‘ qozonish uchun vosita emas. Bu huquq tartibot organlari mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish borasida qanchalik samarali faoliyat yuritayotgani, zamonaviy texnologiyalar bilan qanchalik ta’minlanganiyu ularni ishlata oladigan, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan jinoyatlarni issiq izidan fosh etadigan mutaxassislar mavjudligi yo yo‘qligini ko‘rsatadi”, deya jinoyatni tezroq fosh etishga chorlagan “Qalampir.uz” nashri.


Ko‘p maktablarga 1-sinf o‘quvchilariga atalgan prezident sovg‘asi yetib bormadi



O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab maktablarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar “Birinchi qo‘ng‘iroq” kunida prezident sovg‘alarini ololmadi (www.kun.uz, 8 - sentabr).


Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi 1-maktabda 1-sinf o‘quvchilari o‘quv yilining ilk kunini prezident sovg‘asisiz boshlagani haqidagi surat tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, respublikaning boshqa hududlarida ham shunday holat kuzatilgan. Masalan, Qashqadaryo viloyatida 1-sinfga borgan o‘quvchilarning yarmidan ko‘piga prezident sovg‘asi berilmagan.


Ayrim hududlarga esa o‘quv qurollari to‘liq yetkazib berilmagan. “Kun.uz” suhbatlashgan ota-onalar to‘plamlarda rangli qalamlar, penal va darsliklar yo‘qligi, kley sifatsiz ekanini ma’lum qilgan.


Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishga chaqirgan va sovg‘alar tez kunda har bir bolaga yetib borishiga va’da bergan.


Tartibga ko‘ra, prezident sovg‘asini yetkazib berish uchun har yili XTV qoshidagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” DUK tomonidan tender o‘tkaziladi. Tenderda qatnashgan korxonalarga yuridik xizmat ko‘rsatuvchi huquqshunos Ne’mat Sherdonayev bu galgi tender shaffof o‘tganini shubha ostiga olgan.


Eslatib o‘tamiz, 6 - sentabr kuni O‘zbekistonning 10 mingdan ziyod umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda dars boshlandi. Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qabul qilindi.


Qarshida yana mojaro: 19 yoshli sportchi to‘pponchadan o‘q edi



Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir guruh yoshlar o‘rtasida ommaviy janjal ro‘y berdi (www.sof.uz, 9 - sentabr). Kech soat 21:30 da Qarshi markazida, viloyat hokimligi binosi yaqinida yuz bergan ommaviy janjal payti 19 yoshli sportchi pnevmatik to‘pponchadan o‘q yeb yaralangan.


“Voqea joyiga profilaktika inspektori kelib qolmaganida bu mojaro qanday yakun topgan bo‘lardi – noma’lum. Ma’lum bo‘lishicha, janjal ishtirokchilarining aksariyati Qashqadaryo oliygohlarida o‘qiyotgan talabalar, ayrimlari o‘qishga endi kirgan yigitlar bo‘lgan. Ularning deyarli barchasi sport bilan shug‘ullanadi, oralarida O‘zbekiston chempioni ham bor. Nima uchun janjalda ishtirok etdingiz degan savolga ular do‘stini xafa qilishganida qarab turolmasligini bildirgan”, deyilgan xabarda.


Pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzgan yigit qamoqqa olingan. Janjalning qolgan ishtirokchilarini jarima yoki 15 kunlik qamoq jazosi kutmoqda.


Bu – Qarshi shahrida so‘nggi haftalarda kuzatilgan sportchilar bilan bog‘liq ikkinchi yirik janjaldir. 17 - avgust kuni Qarshida ushu-sanda bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Elbek Rahimov bir guruh shaxslar tomonidan vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 8 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.



Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Даниил Медведев

Australian Open. Расписание на вторник. Медведев сыграет в 6 утра по Москве, Касаткина и Хачанов – первым запуском, Рублев – последним






На коммунальных объектах ЦЖКУ Минобороны России обеспечено безаварийное прохождение новогодних праздников

30 высокотехнологичных компаний открыты в «Технополис Москва» в 2024 году

Открытие завода по производству коммунальной техники в Ступино обсудили на инвестчасе

Россия и Белоруссия завершают подготовку к отмене роуминга