Добавить новость
ru24.net
World News
Сентябрь
2021

Chaqalog‘i nobud bo‘lgan farg‘onalik ona shifokorlarni loqaydlikda ayblamoqda

0
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yaypan shahrida yashovchi Dilfuza Sotiboldiyeva tuman perinatal markazida sun’iy nafas olish apparatiga ulash imkoni yo‘qligi hamda shifokorlarning loqaydligi bois chala tug‘ilgan bolasi nobud bo‘lganini da’vo qilmoqda.


Sotiboldiyevaning iddao qilishicha, 13 - sentabr kuni dunyoga kelgan chaqalog‘i hayotini saqlab qolish uchun mas’ul bo‘lgan vrach xatti-harakatlari uning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan.


“Bolam 31 hafta edi. U soppa-sog‘ bo‘lgani haqida hamma hujjatlar bor. O‘zim tug‘dim bolani. Shifokorlar o‘pkasi ozgina ochilmay qolgan, deb aytishdi. Bu oylikda bo‘ladigan holat. Shifokorlarni aybi, bular sun’iy apparatga ulash tizimi yo‘qligini bilib, meni Farg‘ona viloyat perinatal markaziga yuborishmagan. U yoqda 7 olyik, 6 oylik bolalar ham yashab ketgan ekan. U yoqda imkoniyatlar bor ekan, eng so‘nggi kamera uskunalari bor ekan. O‘zlari oxiri aytishdi, vaqtliroq bilganimizda, men sizni farg‘onaga jo‘natardim deb. Tumanda erta tug‘ilgan bolani saqlab qolish uchun sharoit yo‘q ekan.”




Farg‘ona viloyat O‘zbekiston tumani perinatal markazidan 13 - sentabr kuni ro‘y bergan chaqaloq o‘limi yuzasidan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmadi.


Shu yil iyunida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Farg‘ona viloyat perinatal markazi hamda Marg‘ilon shahar tug‘ruq kompleksidagi sharoitlarni o‘rgangan. Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, perinatal markaz shtat me’yorlari bo‘yicha to‘liq shtat birliklari bilan ta’minlanmagani, natijada, tibbiy xodimlarga yuklamalar ortib ketgani, bu esa ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.Markazda bemorlarni davolash uchun jihozlar, ularni joylashtirish va foydalanish uchun sharoit ham yetarli emasligi ta’kidlangan.


O‘zbekiston tug‘ruqxonalarida bolalar o‘limi haqida Ozodlik bundan oldin ham xabar bergan.


YuNISEF tashkilotiga ko‘ra, O‘zbekistonda go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda — besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining qariyb 50 foizi hayotining ilk 27 kunida sodir bo‘lmoqda.


2017 - yilning 7 - yanvar kuni O‘zbekiston prokuratura tizimi xodimlari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev onalar va bolalar o‘limi sabablarini o‘rganib¸ bu haqda jamoatchilikka jar solish mas’uliyati prokurorlar zimmasida ekanini alohida ta’kidlagan edi.


-Onalik va bolalikni muhofaza qilish aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash borasida ham yetarli nazorat o‘rnatilmagan. Nima uchun bir go‘dakning o‘limidan keyin o‘sha viloyat prokurori jar solmaydi? Nimaga buning tagiga yetib borilmaydi? Kimning aybi bilan hayotdan ko‘z yumdi bular? Nima uchun shifokor o‘z vaqtida qaramagan? Shuning uchun hammasini yaxshilab o‘ylab yozinglar, hammasi uchun javob beradigan vaqt keldi¸ - degan edi prokuratura xodimlariga qarata prezident Mirziyoyev.



Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus




Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Уимблдон

Путинцева о том, как с травмой колена победила Швентек на «Уимблдоне»: «Думала: блин, пусть после этого матча вообще больше ничего не сыграю, но ее я сегодня обыграю»






В Балашихе сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже дорогостоящих товаров из гипермаркета

От сказки до ностальгии: выставка «Зима. Русский стиль. Взгляд из XXI века» в галерее Беляево

Социально значимый короткометражный фильм «ИВАН»

Telegram-канал РИА Новости начали блокировать в европейских странах