Добавить новость
ru24.net
World News
Сентябрь
2021

"Aybim Toshkentda tug‘ilmaganim edi". Mirziyoyev Toshkent propiskasini bekor qilganini aytdi - nima o‘zgardi?

0

Shavkat Mirziyoyev 22 - sentabr kuni Xorazmdagi saylovoldi  uchrashuvi chog‘ida birinchi muddat prezidentligida amalga oshirgan ishlari haqida gapirib,  Toshkent shahrida “propiskani hamma uchun” qilib qo‘yganini ta’kidladi.

Ozodlik suhbatlashgan IIV tizimi xodimlari hamda mutaxassislarga ko‘ra,  prezidentning “propiska hamma uchun” qilib qo‘yilgani to‘g‘risidagi so‘zlari biroz “qulog‘idan tortilgan” bayonot bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyida ro‘yxatga olinishi mumkin fuqarolar toifalariga oid me’yor o‘z kuchida qolmoqda.

Ayni paytda ba’zi toshkentliklar poytaxt infratuzilmasi propiska tizimining liberallashuvi tufayli paydo bo‘ladigan qo‘shimcha “yuk”ni ko‘tara olmasligidan tashvishlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Prezidentning "aybi"

Joriy yil 24 - oktabrida ikkinchi muddatga saylanishi kutilayotgan amaldagi prezident Mirziyoyev Xorazmdagi  chiqishi davomida yoshligida ko‘p qiyinchiliklar ko‘rgani, uylanganidan keyin ham ijarama-ijara yashagani, 10-15 yil institutda ishlab nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagunicha ham na kvartirasi, na propiskasi bo‘lganini esladi. “Bilamanki, bir paytlar Toshkentda „propiska“ olish azob edi, mumkin emasdi. Ikkinchi qarorim -  Toshkentda „propiska“ olish hammaga mumkinligini mana o‘zlaring ham sezyapsizlar”, dedi.

 

Bu gapi ortidan prezident “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu!” deya xitob qildi.

"Propiska" o‘rniga "doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish"

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining mas’ul xodimi (o‘zini tanishtirishni istamadi) Ozodlikning “Toshkent shahrida propiskadan o‘tish tartibi to‘la bekor qilinganmi?”degan savoliga javobni “Bunday deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi, shaharda ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega fuqarolar toifalari bor”, deb boshladi va o‘sha toifalardan bir nechasini sanab o‘tdi.

Ichki ishlar mulozimi sanashni boshlagan toifalar ro‘yxati prezident 2020 - yilning 13 - mayida imzolagan qonunda yangilab qo‘yilgan.

“Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida"gi 2011 - yilgi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritgan qonunda “propiska” chindan ham “bekor qilingan”. Aniqrog‘i,  “propiska” so‘zi o‘rniga «doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish» iborasi kiritilgan.

Yangi qonunga binoan:

 

fuqarolar birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga yoki ularning boshqa manzildagi uy-joy maydoniga;

 

tarbiyaga olingan bolalar — tutingan ota-onaning doimiy yashash joyiga;

 

shuningdek, Toshkent shahri va viloyatida joylashgan davlat tashkilotlarida 5 yil muddat mobaynida uzluksiz ishlayotgan mutaxassislar (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari), shuningdek ularning oila a’zolari mazkur hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.

Oldingi tartibga ko‘ra, er-xotinning nikohdan keyin 1 yil davomida birgalikda yashash sharti va 1 yil ichida nikoh bekor qilinganda propiska yo‘qotilishi haqidagi qoidalar endilikda o‘z kuchini yo‘qotdi va yangi qonundan chiqarildi.

Yangi tartibga ko‘ra, er-xotinga ular nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqi beriladi.

Bosqichma-bosqich islohot

Ayni paytda amalda propiska tizimi yengillashtirilganini fuqarolar his qila boshlaganday.  Poytaxtda yashayotgan qashqadaryolik yosh shoir  Jontemir Jondor Ozodlik savoliga javob berarkan, “Toshkentga propiskaga shu yil turgani, muammoga uchramagani”ni aytdi. Shoir qonunda belgilab qo‘yilgan toifalardan qay biriga kirishini ochiqlamadi.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov poytaxtda propiskadan o‘tish tartibi ancha yengillashganini e’tirof etarkan, Chor Rossiyasidagi krepostnoy huquqi va keyinchalik sovet davri sarqiti bo‘lgan tizim oqibatlari hanuz butkul yo‘qolib ketmaganini aytadi:

“Propiska tizimining bosqichma-bosqich bekor qilinishi, shubhasiz, olqishga sazovor islohotdir. Ichki migratsiyani cheklash maqsadida amalga oshirilgan bunday propiska tizimiday zo‘ravonlikning o‘tmishda qolgani rost bo‘lsin. Ammo kishilarning konstitutsiyaviy harakatlanish erkinligini cheklab kelgan mazkur tizim oqibatlarini haligacha ham ko‘rish mumkin”.

Tashanovga ko‘ra, propiska tizimi keltirib chiqargan huquqiy oqibatlar hozirda mahkama tergovlari muhokamasida. 

“Jamiyatimizga shu oyning o‘zidayoq propiskasi bo‘lmagani bois muqaddam tanishlarining nomiga uy sotib olib, ularni qaytarib ololmayotgan 5 nafar shaxs murojaat qildi. Ular fuqarolik sudlarida o‘zaro nizolashmoqda. Umuman olganda hozirda sudlarda, tergov organlarida bu kabi o‘nlab, yuzlab ishlar mavjud”.

Gap shundaki, 2011 - yilgi qonunga binoan Toshkentdan uy sotib olgan fuqaro o‘sha uyga propiska qilinishi mumkin edi. Biroq amalda bu ilojsiz, chunki uy sotib olish uchun fuqaro propiskadan o‘tgan bo‘lishi lozim edi.

Uy sotib ol - toshkentlik bo‘l!

Ushbu masala yechimi va umuman propiska tizimining liberallashuviga xizmat qilgan yana bir hujjat prezidentning 2020 - yil, 22 - apreldagi farmonidir.

Unda mana bunday me’yor belgilab qo‘yilgan:

“2020 - yil 1 - apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkni olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi talab qilinmaydi”.

Farmon chiqqanidan keyin o‘tgan 70 kun ichidayoq Toshkent shahrida 12 779 ta, Toshkent viloyatida 2052 ta, jami 14 851ta uy-joy oldi-sotdisi qayd etildi. Bu haqda xabar qilgan Adliya vazirligi hisob-kitobicha, uy-joy oldi-sotdisi bilan bog‘liq shartnomalarning 70 foizi viloyatdan kelganlar ishtirokida tuzilgan.

Toshkent yelim tasma emas?

Jizzax tug‘ilib, 40 yildan buyon Toshkentda yashayotgan huquqshunos Nuriddin Sandiboyev Ozodlik bilan suhbatda viloyatliklarning Toshkentdan uy sotib olish tendensiyasi o‘zini tashvishga solayotganini yashirmadi:

“To‘g‘ri, propiska tartibi qattiq bo‘lgan paytlarda bundan mening o‘zim ham norozi edim. Biroq bu tartib yumshatilganidan keyin viloyatlar aholisi Toshkentga ko‘chib kelib olish xavfi paydo bo‘ldi. Uy sotib olganlardan tashqari minglab, o‘n minglab kelayotgan ichki mehnat migrantlari bor. Ko‘pchiligi bir o‘zi emas, oilasi bilan ko‘chib keladi. Natijada maktablarda, jamoat transportida joy yetmayapti, shaharning normal hayotini ta’minlovchi boshqa xizmatlarda ham zo‘riqish paydo bo‘lmoqda”.

Huquqshunos fikricha, hukumat Toshkentni “ochish” bilan bir qatorda “viloyatlar markazlarini ham Toshkentga aylantirishi”, ba’zi vazirliklarni viloyatlarga ko‘chirishi kerak.

Tahlilchilar mintaqalar yalpi ichki mahsuloti hajmidagi farq, joylardagi infratuzilmaning rivojlanmagani,  urbanizatsiya  hamda sanoatlashish darajasidagi tafovutlar aholini poytaxtga tortayotgani, oqibatda ichki mehnat migratsiyasini nazorat qilish qiyinlashganini aytishadi. Sovet davrida ichki migratsiya jarayonlarining ishtirokchilarini asosan, talabalar, yoshlar va yirik korxonalarning uncha katta bo‘lmagan sondagi mahalliy ishchilari tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida bu  nisbat poytaxtga oqib kelayotgan norasmiy mehnat bozori ishtirokchilari hisobiga o‘zgargan. 

Bundan tashqari, Orolbo‘yidagi vaziyat ekologik migrantlarni paydo qilgani va  demografik o‘sish ham ichki migratsiya jarayonlariga  ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar qatorida tilga olinadi. 

O‘zbekiston Senati o‘tgan oy bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahri aholisi soni 2021 - yil 1 - iyul holatiga 2,7 mln kishini tashkil etib, joriy yil boshidan buyon  42,8 ming kishiga o‘sgan.

27 - avgust kuni Senat  Toshkent viloyatining 7853,3 gektar yer maydonini Toshkent shahriga, poytaxtning 171,3 gektar yerini esa  Toshkent viloyatiga o‘tkazish to‘g‘risidagi loyihani ma’qullagan. Senat xabarida  poytaxt aholisi o‘sishi barobarida yuzaga kelayotgan muammolarni Toshkent shahri hududini bosqichma-bosqich kengaytirish orqali hal qilish mumkinligi aytiladi.

"Kambag‘allar vazirligi" bayonoti

Ba’zi bayonotlarga qaraganda, O‘zbekiston hukumati huquqshunosni tashvishga solayotgan masalalarni o‘ylayotganday: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bayonotida mintaqalarda "tortishish markazlari"ni yaratish haqida so‘z boradi:

"O‘zbekistonning yirik shaharlarini rivojlantirish bo‘yicha strategik platforma va strategiya yaratilmoqda, bu esa ularni aholi uchun rivojlangan infratuzilma, ta’lim, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish salohiyatiga ega o‘ziga xos tortishish markazlariga aylantirish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, hududlardagi migratsiya mahalliy xarakterga ega bo‘lishiga imkon beradi, shu bilan uni poytaxtga emas, balki har bir mintaqaning yirik shaharlariga yo‘naltiradi".

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bu sohadagi yanada liberallashtirish tarafdori ekanini aytadi.

“Toshkent shahri va viloyatiga propiska qilish to‘g‘risidagi qonunni butunlay iste’moldan chiqarish tarafdoriman. Mazkur g‘ayri konstitutsiyaviy akt yaqin o‘tmishni eslatuvchi virtual eksponat bo‘lib qolishi lozim”, deydi huquq faoli.




Moscow.media
Частные объявления сегодня





Rss.plus



Письмо генеральному прокурору и отмена выборов - чем может обернуться избрание нового главы города Сочи?

Владислав Овчинский: жители дома на Радужной улице начали переезд в новостройку по программе реновации

Певец Дмитрий Камский готовит к релизу новый сингл "Песня Земли"

19 июля: какой сегодня праздник, что было в этот день


Что ваши соски говорят о вашем здоровье? Известный врач дал им классификацию, рассказав как сохранить грудь здоровой

Заводы АО "Желдорреммаш" выбирают лучших в своей профессии

На «Атомайз» состоялась первая в России цифровая секьюритизация портфеля кредитов

Певец Дмитрий Камский готовит к релизу новый сингл "Песня Земли"


Surya set to pip Hardik , emerges as dark horse for India's T20I captaincy

Suspect arrested for ‘threatening to kill Trump and his VP pick JD Vance’ in Florida days after assassination attempt

Faculty of International Journalism and Mass Communications Eurasian International University is conducting an additional intake of applicants!

Biden's anger bleeds through as party weighs his future


Военные следователи провели рейд по бывшим мигрантам в Керчи

О нем написана книга: проект внедрения Итилиум номинирован на конкурс «1С:Проект года»

Стресс увеличивает риск тромбоза глубоких вен, показало исследование

Готовность моста через Каму – 80%


Двадцать пять человек за одним столом под звуки караоке – это было шедеврально!

CD Projekt's Pawel Sasko tells the inspiring tale of how an Estonian beet farmer in Australia became a senior quest designer on The Witcher 4

Интервью AppTime с компанией Innova: релиз Gran Saga в России, внутриигровая оплата и «Масленица» в корейской MMO

I didn't expect my favorite cozy MMO to do a crossover with a Finnish children's series


Фотомагазин PYN: ваш надійний партнер у світлі та фотографії


Shaman объяснил, почему выступил у посольства США в Москве

Москва слезам не верит: в ТПП РФ подержали инициативу по защите прав предпринимателей

Shaman назвал выступление у посольства США ответом РФ на блокировку на YouTube

Декларация Человекоцентричности




Пациентке в Уфе удалили миому матки весом более трех килограммов

19 июля: какой сегодня праздник, что было в этот день

Вдовец Петр Чернышов судится с застройщиком из-за квартиры Заворотнюк

Певец Дмитрий Камский готовит к релизу новый сингл "Песня Земли"


За Арменией будет присматривать военный надсмотрщик США

Рейс в Москву задержали в Благовещенске

«Желтый» уровень опасности объявили в Москве из-за грозы до вечера 20 июля

Британія хоче вжити нових заходів проти “тіньового флоту” рф


Олимпиаду в Париже не покажут по ТВ в России

«Такими вы их никогда не видели». ATP опубликовала видео с Медведевым и Рублёвым

Журналисты раскрыли значение цветов наряда онкобольной Миддлтон на Уимблдоне

Экс-теннисист Ольховский: победа Медведева над Синнером была неожиданной


Политолог Ухов прокомментировал идеи желающих растворения России в «тюркском мире» «какбыэкспертов»

Джанашия оценил шансы «Локомотива» в новом сезоне РПЛ

Теперь будет запрещено: пенсионеров, доживших до 70 лет, ждет огромный сюрприз с 22 июля

Тимур Иванов просил освобождения из тюрьмы за участие в боевых действиях и госнаграды


Музыкальные новости

Queen sensation и "Гангстер Мак": как интересно провести время в Ереване на этой неделе?

Заводы АО "Желдорреммаш" выбирают лучших в своей профессии

МакSим, Мари Краймбрери, Анна Седокова, DEAD BLONDE, Ольга Серябкина и другие артисты представили новинки на «Вечернем Звуке»

«Не способна»: Джигурда высказался о творческом потенциале Волочковой



Декларация Человекоцентричности

Shaman объяснил, почему выступил у посольства США в Москве

Москва слезам не верит: в ТПП РФ подержали инициативу по защите прав предпринимателей

Shaman назвал выступление у посольства США ответом РФ на блокировку на YouTube


АО «Транснефть - Север» обеспечивает надежность производственной инфраструктуры в четырех регионах

Заинтересовавший Владимира Путина хит семьи Рыбачевых презентовали на радиостанциях «Газпром-Медиа»

Филиал «Красноярский» компании «ЛокоТех-Сервис» стал партнером создания образовательно-производственного центра

Семья сотрудника Улан-Удэнского ЛВРЗ одержала победу в федеральном конкурсе


Четыре улицы в Москве стали пешеходными 20 и 21 июля

В Москве мужчина извинился за бизнес по сливанию бензина с каршеринга

В Москве увеличивают производство автокомплектующих и предлагают новые решения

Схема движения транспорта изменится в центре столицы


Путин назначил Агафонова главой Экспертного управления президента

Семьи работников заводов АО "Желдорреммаш" стали призерами федерального конкурса «Это у нас семейное»

Стали известны даты визита Махмуда Аббаса в Россию

Кремль: Россия и Северная Корея работают по достигнутым в Пхеньяне договоренностям





Врач Тяжельников рассказал о серьезных рисках при отдыхе на пляже

Скиппинг и танцы: как тренировки со скакалкой влияют на физическое здоровье

Врач-стоматолог Татьяна Сумцова: какие меры профилактики помогут от трещин

Невролог Григорьев: Женщины страдают мигренью в три раза чаще мужчин


"Так и не дошли": Зеленский пожаловался на задержку поставок истребителей F-16

Зеленский: Запад так и не отправил Киеву обещанные истребители F-16

Сийярто: Зеленский хочет втянуть НАТО в конфликт


Сергей Собянин. Главное за день

Скиппинг и танцы: как тренировки со скакалкой влияют на физическое здоровье

Ротенберг о матче звезд КХЛ и НХЛ: «Не терпится увидеть коллег-тренеров, ребят, с которыми прошли огонь и воду, играли на ЧМ, побеждали на Олимпийских играх»

Эстафету к годовщине Олимпийских игр 1980 года провели в Химках


Лукашенко назначил своих уполномоченных представителей в Минске и регионах

Лукашенко назначил «смотрящих» за будущими президентскими выборами

Лукашенко утвердил окончательный состав уполномоченных представителей главы государства в областях и Минске



Сергей Собянин сообщил о начале реставрации фасадов дворца Дурасова

Собянин объявил о начале строительства станции метро "Рублево-Архангельское"

Собянин: Благодаря программе реновации будут созданы новые места для отдыха

Сергей Собянин. Главное за день


Москвичам пообещали на будущей неделе классическую июльскую погоду

Как менялся курс ETH в истории и какой прогноз Ethereum можно ожидать

Космонавт Антон Шкаплеров поддержал инициативу возвести памятник в Алешкинском лесу

Не дороги, а реки: в Москве машины «поплыли» после сильного ливня


Лучшая профессия. Мария Куликова поделилась своим отношением к труду врачей

Единственная в Новосибирской области девушка-машинист выполнила первый рейс

Долгожданные спринтеры

Нарколог рассказал о связи алкоголя и слабоумия


АО «Транснефть - Север» обеспечивает надежность производственной инфраструктуры в четырех регионах

ТСД SAOTRON RT41 GUN: практичный, производительный, надёжный

Собянин объявил о начале строительства станции метро "Рублево-Архангельское"

Архангельская область в топе регионов по лесовосстановлению


Выставка-персоналия «Замечательный русский беллетрист» к 250-летию со дня рождения М.Н.Загоскина, русского писателя и драматурга

Час духовности «Приняла крещенье Русь»

Краеведческое посвящение «Здесь артековская слава начинала свой поход»

В чем особенность приготовления лапши вок?


Теперь будет запрещено: пенсионеров, доживших до 70 лет, ждет огромный сюрприз с 22 июля

За Арменией будет присматривать военный надсмотрщик США

Тимур Иванов просил освобождения из тюрьмы за участие в боевых действиях и госнаграды

Политолог Ухов прокомментировал идеи желающих растворения России в «тюркском мире» «какбыэкспертов»












Спорт в России и мире

Новости спорта


Новости тенниса
Анна Калинская

Калинская и Синнер наслаждаются отдыхом в Италии






Британія хоче вжити нових заходів проти “тіньового флоту” рф

За Арменией будет присматривать военный надсмотрщик США

«Я не хочу умирать, но готова»: куда пропала победившая рак легких Евгения Симонова

Авдотья Сеногнойка: что можно и нельзя делать 20 июля 2024 года