Mirziyoev qarorgohi bois uyi buzilganlar vaqtincha uysiz qoldi
O‘zbekiston prezidenti uchun yangi rezidensiya qurilishi bois uyi buzilgan o‘nlab kishilar Toshkent viloyat, Qibray tuman, Baytqo‘rg‘on qishlog‘idagi maktab¸ oromgoh va qarindoshlarining uylariga joylashtirilgan. Ismi sir qolishini istagan Qibray tuman hokimligi mulozimiga ko‘ra¸ uyi buzilib¸ vaqtincha maktab va yaqinlarining uylariga joylashtirilganlar ko‘pi bilan 20 kun ichida yangi uylarga ko‘chib o‘tishadi.