Andijonlik ayol: Erimni Moskvada O‘zbekiston MXX xodimlari qo‘lga oldi (FOTO)
Rossiyada "qochqinlik so‘rovchi" maqomida yurgan andijonlik Havasbek Alijonov 1 noyabr kuni Moskvaning Frunzenskaya metrosi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan ushlandi. Bu haqda Ozodlikka hodisa joyidan Alijonovning turmush o‘rtog‘i xabar qildi. Uning aytishicha, qora kiyim kiygan, millati o‘zbek uch shaxs unga O‘zbekiston maxfiy xizmati hujjatlarini ko‘rsatgan.