Buyuk tariximizga munosib ehtirom
Mamlakatimiz qadimiy tarixi, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, qadriyatlari, koʻplab tarixiy-meʼmorchilik va madaniy yodgorliklari bilan butun dunyoga dong taratgan. Shuni eʼtiborga olgan holda soʻnggi yillarda mavjud madaniy meros obyektlari, tarixiy va arxeologik boyliklarni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butun yetkazish boʻyicha joylarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.