Samarqand viloyati – respublika ishchi guruhi xulosalari
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyatda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy-sanitariya yordami sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularning kadrlar taʼminotini yaxshilash, sanitariya epidemiologik barqarorlikni taʼminlash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli toʻgʻrisidagi masala muhokama etildi.