Istanbul meriyasi 300 mingdan ortiq qarovsiz it-mushukka g‘amxo‘rlik qilmoqda
Turkiya shaharlari ko‘chalarida qarovsiz 130 mingga yaqin it va 165 mingga yaqin mushuk bor. Endilikda Istanbul shahri rasmiylari ularning sog‘lig‘ini yaxshilash uchun choralar ko‘rmoqda. Shaharda mobil Vebus klinikasi ishga tushgan bo‘lib, ushbu o‘ziga xos klinika shahar mahallalarini aylanib yuradi. Istanbullik veterinar Nihan Dinjer: - Odamlar odatda o‘zlari qaraydigan hayvonlarni olib kelib, parazitlarga qarshi davolatishadi. Hayvonlar bilan doimiy aloqada bo‘lishgani uchun, bu bilan o‘zlarini ham himoya qilishadi, - dedi. Читать дальше...