“Mahalla” samarqandlik 16 nafar talabaning shartnoma pulini toʻlashga koʻmaklashdi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati boʻlimi yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 16 nafar nogironligi boʻlgan, chin yetim talabalarning qariyb 100 million soʻmlik shartnoma pulini toʻlab berdi.