Yana bir so‘xlik o‘g‘lining boshiga qora xalta kiydirilib, Farg‘onaga olib ketilganini iddao qildi
22 avgust kuni So‘xda ushlangan 25 yashar Firdavs Ahrorovning otasi o‘g‘lining boshiga qora xalta kiydirib, tumandan Farg‘onaga olib ketilganini iddao qilmoqda. 31 avgust kuni Ozodlik gaplashgan 55 yashar Mullohuseyn Ahrorovning aytishicha, shu kunga qadar o‘g‘lining hibsga olinishi va unga nisbatan ayblov e’lon qilinganiga oid biror hujjat ko‘rmagan. Firdavs Ahrorovning advokati, Ozodlik bilan mikrofonsiz muloqotda, himoyalanuvchisiga nisbatan ayblov e’lon qilinganini tasdiqladi, ammo boshqa savollarga javob bermadi. Читать дальше...