Armaniston muxolifati bosh vazir Pashinyanga ultimatum qo‘ydi (VIDEO)
5 - dekabr kuni Armaniston poytaxtida minglab odam norozilik namoyishiga chiqdi. Muxolifat bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda. Tog‘li Qorabog‘da harbiy to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun Rossiya vositachiligida tinchlik sulhi imzolanganidan beri Armaniston muxolifati Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda. Shanba kuni 20 mingga yaqin namoyishchi Yerevan markazida to‘planib, «Nikol – xoin» va «Nikolsiz Armaniston» deb hayqirdilar. Buning ortidan namoyishchilar bosh vazirning rasmiy qarorgohiga yo‘l oldilar. Читать дальше...