Rasmiy hisobot: O‘zbekiston davlat qarzi 2020 - yilda deyarli 31 foizga oshdi
O‘zbekiston davlat qarzi 2021 - yilning 1 - yanvar holatiga ko‘ra, 2020 ning 1 - yanvariga nisbatan 30,8 foizga ko‘paydi va pul miqdorida 23 milliard 300 million dollarni tashkil qildi. Moliya vazirligining bildirishicha, bu ichki yalpi mahsulotning 40,4 foizini tashkil qiladi. Vazirlik avvalroq davlat qarzi ichki yalpi mahsulotning 60 foiziga yetguniga qadar xavfsiz hisoblanishini bildirgandi. Rasmiy hujjatda ta’kidlanishicha, 23 milliard 300 million dollarning 21,1 milliardi tashqi qarz. Читать дальше...